Page 28 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 28

paxtaning quruq bо‘lishiga erishish tajriba oldiga qо‘yiladigan asosiy shartlardan

                  biri hisoblanadi.  Shuningdek о‘simlikning  poyasi  ham  eritmaga  botib  ketmasligi

                  lozim.

                        Kuzatishlar  va  nihollarni  parvarishlash.  Tajriba  yо‘lga  qо‘yilgan  birinchi

                  kundan  boshlab  doimiy  kuzatishlar  yо‘lga  qо‘yiladi  va  olingan  natijalar  tajriba

                  jurnaliga  yozib  boriladi.  Haftada  bir  marta  о‘simliklar  bosh  poyasining  bо‘yi

                  о‘lchanadi,  shakllangan  barglar  sanaladi,  rivojlanish  davrlarining  boshlanish  va

                  tugash muddatlari qayd etib boriladi.

                        Kasallik va zararkunandalar tajriba natijalariga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Ularga

                  qarshi  qо‘llanadigan  kimyoviy  vositalar  tajriba  natijalariga  о‘ziga  xos  ta’sir

                  kо‘rsatishi  mumkin.  Shu  sababdan  xasharotlarni  qо‘lda  terib  yо‘qotish,

                  kasallangan о‘simliklarniesa olib tashlash talab etiladi.

                        Amal  davri  davomida  idishlardagi  oziq  aralashmalar  miqdorini  kuzatib

                  borish, kamayib qolganlariga eritmalardan quyib borish kerak. Ildizmevalilar bilan

                  о‘tkaziladigan  tajribalarda  ildizmeva  hajmining  ortib  borishi  tufayli  ba’zi

                  idishlardagi eritmalar miqdorini kamaytirishga tо‘g‘ri keladi

                        Eritmaning muhiti (pH) о‘simliklarning о‘sishi, rivojlanishi va oziqlanishiga

                  kuchli  ta’sir  kо‘rsatadi.  Nordon  sharoitda  eritmadan  anionlar,  ishqoriy  sharoitda


                  esa  kationlar  yaxshi  о‘zlashtiriladi.  Oziq  aralashmaning  pH  ini  iloji  bо‘lsa,  har
                  kuni, bо‘lmasa haftada 2-3 marta о‘lchash va talab darajasiga keltirib turish kerak.


                  Eritmani  nordonlashtirish  uchun  sulfat  kislota,  ishqoriylash  uchun  esa  о‘yuvchi
                  natriydan foydalaniladi. Odatda ularning 10% li eritmalari tomchilatib qо‘shiladi


                  va shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Eritmaga qо‘shiladigan bо‘r moddasi
                  (CaCO 3) pH ni 6,5 atrofida bо‘lishini ta’minlaydi.


                        Suvli  muhit  tajribalarida  kо‘pincha  о‘simlik  barglarida  xloroz  alomatlari

                  kuzatiladi. Bu hodisa eritma pH i 8 va undan yuqori bо‘lgan sharoitda temirning

                  chо‘kmaga  tushishi  natijasida  sodir  bо‘ladi.  Shuningdek,  oksidlanish-qaytarilish

                  potensiali(Eh)ning  yuqori  kо‘rsatkichlarida  temir  fosfat  kuchli  nordon  muhitda





                                                               28
   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33