Page 23 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 23
Tarkibida gigroskopik suv tutadigan tuzlardan (Ca(NO 3) 2· 4H 2O;
MgSO 4·7H 2O va b.) birmuncha yuqori konsentratsiyali eritma tayyorlanadi,
sо‘ngra areometr yordamida, eritmaning zichligi asosida aniq konsentratsiya
aniqlanadi hamda suv qо‘shish yо‘li bilan talab etiladigan konsentratsiyaga
keltiriladi.
Qiyin eriydigan tuzlar (CaHPO 4 ·2H 2O; CaSO 4·7H 2O va b.) dan kerakli
miqdorda tortib olinadi va idishlarga solinadi.
Idishlarga qum tо‘ldirish. Bu tadbir tuproqli muhitda о‘tkaziladigan
tajribalardagi kabi amalga oshiriladi. Idishlar tayyorlangandan keyin bitta idishga
ketadigan qumning massasi aniqlanadi. Namligi TNSning 60% iga teng bо‘lgan
qum idishlarga tо‘ldirish jarayonida yaxshi zichlanadi va keyinchalik chо‘kmaydi.
Buni quyidagi misolda о‘rganib chiqamiz. Qumning nam sig‘imi 25%,
ma’qul nam sig‘imi esa 60% bо‘lsin. Bundan, qumning namligi (25·60) : 100 =
15% ga tengligi kelib chiqadi, ya’ni har 1 kg qumga 150 ml suv quyish kerak. Agar
idishga olingan qumning massasi 6 kg bо‘lsa, 900 ml suv quyishga tо‘g‘ri keladi.
Shu sababdan tuzlar eritmasining yalpi miqdori kо‘rsatilgan suv hajmidan oshib
ketmasligi shart.
Idishga ketadigan qum miqdorini aniqlashda eng kichik idish tanlab olinadi.
Unga solinadigan qum miqdori idish balandligidan 0,5-1,0 sm past bо‘lishi (eng
katta idishda esa 2-3 sm dan pasayib ketmasligi lozim).
Idishdagi qum massasini aniqlab bо‘lgandan keyin, idishlarga solinadigan
oziq elementlar miqdorini hisoblash, oziq aralashmalar uchun tuzlar tortimini
olishga kirishiladi.
Tayyor eritmalar solingan idish (butil)lar ish joyiga о‘rnatilgan javonga tartib
bilan teriladi. Har bir eritma solingan idish yoniga kimyoviy stakan, о‘lchov
silindri yoki pipetka qо‘yiladi.
Vegetatsiya idishlari ham tajribani о‘tkazish jurnalida qayd etilgan tartibda
joylashtiriladi va har birining yoniga qiyin eriydigan tuzlar tortimi solingan
xaltachalar qо‘yib chiqiladi.
23