Page 20 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 20
Tottingeym 396 920 613 20,5 47,7 31,8 41,8 30,3 60,4
Xogland 252 142 471 29,1 16,4 54,5 19,4 9,4 18,5
Uolles 112 38 465 18,2 6,2 15,6 13,7 8,1 85,8
Xyuitt 140 95 156 35,8 24,3 39,9 47,7 15,6 80,6
Chesnokov 140 87 230 30,6 19,0 50,4 50,3 10,9 94,0
Chesnokov 200 148 665 19,7 14,6 65,7 6,1 3,0 5,9
1.4. Qumli va suvli muhitda tajribalar о‘tkazish texnikasi
Qumli muhit
Qumli muhitda tajribalar о‘tkazish uchun quyidagi material va asbob
anjomlar talab etiladi: kvars qum, kimyoviy toza tuzlar, texnokimyoviy va analitik
tarozilar, vegetatsiya idishlari, drenaj uchun 3-4 sm diametrli shag‘al yoki shisha
siniqlari, shisha naylar, doka, sirlangan tog‘ora, urug‘lar, urug‘larni undirib olish
uchun kyuvetalar va termostat, о‘lchov silindrlari, pipetkalar, qisqich,
sinch(karkas), qog‘oz xaltachalar.
Qumli muhitda tajribalar о‘tkazish texnikasi tuproqli muhitda о‘tkaziladigan
tajribalarga о‘xshash.
Qumni tayyorlash. Qumli muhit tajribalarida substrat vazifasini
zarrachalarining diametri 0,2-0,4 mm, tо‘la nam sig‘imi 25% bо‘lgan kvars qum
bajaradi. Qumning nam sig‘imi 26% dan oshib ketsa, yoki juda mayda qum
ishlatilsa, idishning quyi qismida anaerob sharoit yuzaga keladi va natijada
о‘simlikning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. Chinni yoki oyna zavodlarida
ishlatiladigan qumlar tajriba talablariga tо‘la javob beradi.
Qum 0,5 mm teshikchali elakdan о‘tkaziladi, avval vodoprovod suvida keyin
distillangan suvda yuviladi, quritiladi va idishlarga solinadi.
Tajriba maqsadidan kelib chiqib, о‘ta toza qum ishlatish talab etilgan hollarda
qum avval kislotaga solinadi, sо‘ngra suvda yuvib quritiladi. Buning uchun shisha
idishga konsentrlangan HCl (1,19 zichlikdagi) quyiladi va ustiga qum solinadi.
Qum kislotada 3-5 kun turgach, 5-6 soat davomida kuchsiz nordon muhitgacha
(pH 6,7- 6,9) vodoprovod suvida, sо‘ngra 1-2 soat davomida, pH 7,0 bо‘lgunga
qadar distillangan suvda yuviladi va yaxshilab quritiladi.
20