Page 17 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 17
orada aralashmaning pHi 7,05-7,23 (mо‘tadilga yaqin)ga tenglashib qoladi.
Xogland - Snayders oziq aralashmasining boshlang‘ich nordonligi 5,5 - 5,6 ga
teng, chunki KN 2RO 4 - kimyoviy jihatdan nordon, nitratlar esa fiziologik ishqoriy
+
tuzlardir. Oziqlanish jarayonida ular tarkibidagi NO 3 о‘simliklar tomonidan K va
+
Sa ga nisbatan tez yutiladi va aralashma asta-sekin ishqoriylashib boradi.
Kuchli kislotalarning ammoniyli tuzlari ham fiziologik nordon hisoblanadi,
+
chunki ularning tarkibidan о‘simliklar ammoniy kationlarini tezroq о‘zlashtirib, N
ni ajratishi hisobiga muhit nordonlashib boradi.
О‘simliklar uchun rHning chegarasi shartli hisoblanib, ularning ayrimlari
ammoniyli tuzlar bilan oziqlantirilganda ishqoriy, nitratli tuzlar bilan
oziqlantirilganda esa nordon muhitni talab qiladi.
Oziq aralashmalarning reaksiyasiga aralashmaning buferlik qobiliyati kuchli
ta’sir kо‘rsatadi. Agar eritma bufer tizimiga ega bо‘lmasa, muhit reaksiyasining
barqarorligi susayadi. Aralashmalarda bufer vazifasini odatta fosfatlar bajaradi.
Masalan, Pryanishnikov oziq aralashmasida bufer tizimi vazifasini NH 4NO 3
+CaHPO 4 · 2H 2O о‘taydi. Bunda NH 4NO 3 namoyon qiladigan fiziologik nordonlik
CaHPO 4 · 2H 2O tomonidan kuchsizlantiriladi.
4. Oziq aralashmalar konsentratsiyasi о‘simliklar tomonidan
elementlarning yutilishiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Aralashmaning konsentratsiyasi
past bо‘lsa, oziq moddalarning yetishmasligi oqibatida о‘simliklar sekin
rivojlanadi. Tuzlar konsentratsiyasining ortib borishi bilan elementlarning
о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishi ham kuchayadi, lekin juda yuqori
konsentratsiya ildiz tomonidan suvning yutilishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi va
о‘simliklarning nobud bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
Oziq aralashmalarning u yoki bu turini tanlashda о‘simliklarning oziq
elementlar va ularning konsentratsiyasiga bо‘lgan talabi hisobga olinishi lozim.
Kо‘p hollarda oziq aralashmalarning konsentratsiyasi milli-ekvivalentlarda
(m·ekv/l) ifodalanadi. Eng past konsentratsiya (2 m·ekv/l) Pryanishnikov va
Gelrigel oziq aralashmalariga, eng yuqori konsentratsiya (100 m·ekv/l) esa
17