Page 8 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 8

Umuman  olganda,  har  qanday  ilmiy-izlanishlar  nazariy  yoki  eksperimental

                  shaklda  amalga  oshiriladi.  Agrokimyo  fanidagi  о‘rganiladigan  muammolarning

                  turli-tuman  va  murakkab  bо‘lishi  nazariy  va  eksperimental  tadqiqotlar  о‘rtasida

                  keskin chegara belgilashni qiyinlashtiradi, yoki boshqacha aytganda, tadqiqotning

                  bu ikki turi о‘rtasida keskin chegara qо‘yib bо‘lmaydi.

                        Agrokimyoviy tadqiqotlarda nazariy fikr va mulohazalar kuzatish va tajribalar

                  uchun  asos  bо‘lishi  bilan  bir  qatorda,  eksperimentlarning  natijalarini

                  umumlashtirish nazariyaning rivojlanshiga turtki bо‘ladi.

                        Agrokimyo  fani  muayyan  muammoning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqishda

                  ilmiy tadqiqotlarning kuzatish va tajriba kabi kо‘rinishlaridan keng foydalanadi.

                        Kuzatish  -  hodisaning  (masalan,  о‘simliklarning  rivojlanishi,  iqlim

                  elementlaridagi о‘zgarishlar va h.k.) tadqiqotchini qiziqtirgan tomonlarini miqdor

                  yoki  sifat  jihatidan  hisobga  olish,  uning  holati,  belgisi  yoki  xossalarini  batafsil

                  qayd qilib borishdir. Hodisaning belgi yoki hossalarini kuzatish va hisobga olishda

                  о‘lchashning  turli-tuman  imkoniyatlaridan  (eng  mukammal  asbob  -  anjomlardan

                  ham)  foydalaniladi.  Masalan,  kuzatish  ishlari  ob-havoni  kuzatish  stansiyalarida

                  havo  va  tuproq  haroratini,  yog‘in-sochin  miqdorini,  shamolning  yо‘nalishi  va

                  kuchini  aniqlash,  dehqonchilikda  ekinlarning  begona  о‘tlar  bilan  ifloslanganlik


                  darajasini  belgilash,  tuproqdagi  namlikni  va  oziq  moddalari  miqdorini  aniqlash
                  tarzida amalga oshirilishi mumkin. Barcha hollarda ham kuzatish bizga hodisaning


                  miqdoriy  yoki  sifat  kо‘rsatkichlarini  kо‘rsatadi  xolos,  lekin  ularning  mohiyatini
                  izohlab  berolmaydi.  Shuning  uchun  kuzatish  agrokimyoviy  taqiqotlarda  о‘zicha


                  mustaqil tadbir bо‘lmasdan, о‘ziga nisbatan murakkab usul - tajribaning tarkibiy
                  qismi hisoblanadi.


                        Tajribada tadqiqotchi kerakli omil va hodisani sun’iy ravishda yaratadi, yoki

                  uning  sababi,  kelib  chiqishi  hamda  mohiyatini  batafsil  tushuntirish  maqsadida

                  shart-sharoitlarini  о‘zgartiradi.  Lozim  bо‘lganda  uni  qismalarga  bо‘lib  (analiz),

                  о‘rni kelganda umumlashtirib (sintez) о‘rganadi.





                                                                8
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13