Page 9 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 9
Aytilganlardan kо‘rinib turibdiki, kuzatishga qaraganda tajriba bir qator
ustunliklarga ega, shu bois u barcha tabiiy fanlarda keng qо‘llanadi.
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari
1-Amaliy mashg‘ulot. Vegetatsion tajribalarini sxemalarini tuzish va
tajribani qо‘yish yо‘llari.
Tadqiqotlarning vegetatsiya usuli agrokimyoda qо‘llaniladigan asosiy
biologik usullardan biridir. Vegetatsiya tajribalari maxsus idishlarda, о‘simliklarni
turli noqulay sharoitlardan himoya qilish maqsadida vegetatsiya uychalari yoki
simtо‘r bilan о‘ralgan maydonchalarda amalga oshiriladi.
Vegetatsiya tajribalari tadqiqotlar oldiga qо‘yiladigan maqsad va vazifalardan
kelib chiqqan holda bir necha kundan, о‘simliklar tо‘la pishib yetilgungacha, kо‘p
yillik о‘simliklar ustida о‘tkazilganda esa bir necha yil davom etishi mumkin.
Vegetatsiya tajribalari usuli ekinlar hosildorligi va hosil sifatini yaxshilash
yо‘llarini о‘rganish va uning nazariy asoslarini ishlab chiqishda muhim xalqa
hisoblanadi. Bu usul yordamida qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirishning о‘ziga
xos tomonlari, о‘g‘itlar tarkibidagi oziq moddalarning о‘zlashtirilishi, tuproq
unumdorligini aniqlash kabi muammolar о‘rganiladi, о‘simlik - tuproq - о‘g‘it
uyg‘unligida dehqonchilikda oziq moddalar aylanishi chuqur tahlil qilinadi.
Vegetatsiya tajribalari usuli о‘simliklardagi moddalar almashinish jarayonini,
elementlarning alohida yoki birgalikda, turli nisbatlarda о‘simliklarga
kо‘rsatadigan ta’sirini teran о‘rganish imkonini beradi
Hozirgi kunda vegetatsiya tajribalari usuli yordamida ekinlar uchun qaysi
makro va mikroelementlar zarurligi, ularni о‘simliklar tomonidan qanday shakl
yoki birikmalar holida о‘zlashtirilishi yaxshi о‘rganilgan, tugunak bakteriyalar va
dukkakli ekinlarning simbioz hayoti hamda uning atmosfera azotining
fiksatsiyalanishidagi ahamiyati ochib berilgan.
Vegetatsiya tajribalari usuli о‘simliklarning oziqlanishi va о‘g‘it qо‘llash
bilan bog‘liq kо‘pgina masalalarni о‘rganishda muhim bosqich hisoblanadi. Ayni
usul bilan aniqlangan qonuniyatlar keyinchalik dala tajribalari sharoitida sinab
9