Page 6 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 6

«Agrokimyoviy  tekshirish  usullari»  fani  talabalarda  ilmiy  dunyoqarashni

                  shakllantirishi va amaliy faoliyatga yо‘naltirishga xizmat qilishi lozim.

                        Hozirgi  kunda  uzluksiz,  ilgarilovchi  oliy  ta’lim  tizimini  joriy  qilish  muhim

                  ahamiyat  kasb  etadi.  Bо‘lg‘usi  oliy  ma’lumotli  mutahassislar  Agrokimyoning

                  faqatgina  bugungi  kundagi  tadqiqot  usullarini  о‘rganish  bilan  cheklanib

                  qolmasliklari  kerak.  Ular  qishloq  xо‘jaligidagi  mavjud  muammolarning

                  oqibatlarini  oldindan  kо‘ra  bilishlari  va  faoliyatlarini  shunga  mos  holda  tashkil

                  qilishlari  zarurdir.  Buning  uchun  ilm  izlash,  о‘rganish  va  unga  amal  qilish

                  lozimdir.

                        Mazkur  о‘quv  qо‘llanma  “Agrokimyo  va  agrotuproqshunoslik”  yо‘nalishi

                  bakalavrlari va universitetning “Agrokimyo” magistratura mutaxassisligida taxsil

                  olayotgan magistr talabalari uchun mо‘ljallangan.

                                        Agrokimyoviy tadqiqotlar va ularning turlari

                        Agrokimyo  fani  qishloq  xо‘jalik  ekinlaridan  yuqori  va  sifatli  hosil  olishda

                  о‘simlik,  tuproq  va  о‘g‘it  о‘rtasidagi  munosabatlarni  о‘rganadigan  fan.  U  о‘z

                  oldiga qо‘ygan maqsad va vazifalarni hal qilishda quyidagi muammolar ustida ish

                  olib boradi:

                          о‘simliklarning ildizdan (mineral) oziqlanishi mexanizmini о‘rganadi;


                          tuproqlar unumdorligining о‘zgarib borishini aniqlaydi;
                          dehqonchilikda oziq moddalar aylanishini о‘rganadi;


                              о‘g‘itlardan oqilona foydalanish yо‘llarini belgilaydi.
                              о‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalarning ekologiya, hayvon va inson


                  salomatligi, mahsulotlar sifatiga ta’sirini aniqlaydi.
                        Ayni  masalalarni  hal  qilishda  agrokimyo  fani  biologiya,  fizika,  kimyo,


                  matematika  kabi  aniq  fanlarga  suyangani  holda,  о‘zining  maxsus  tadqiqot

                  usullaridan foydalanadi.

                        Agrokimyoviy tadqiqotlar qо‘yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqani

                  holda  laboratoriya,  vegetatsiya,  lizimetr  va  dala  tajribalari  kо‘rinishida  amalga

                  oshiriladi.


                                                                6
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11