Page 4 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 4
SO‘Z BOSHI
Tuproqdan ilm-fan tavsiyalari asosida oqilona foydalanish, uning
muhofazasini to‘g‘ri ta’minlash, unumdorligini oshirishda yangi
texnologiyalarni joriy qilish shak-shubhasiz qishloq xo‘jaligi
rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Tuproq tarkibini har
tomonlama yaxshilash, hosildorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish
tuproqning kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir.
Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to‘g‘ri va oqilona
foydalanish ko‘p jihatdan uning muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur
va har tomonlama o‘rganishga bog‘liq. Demak, eng avvalo tuproqdan
to‘g‘ri foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, sifatini, iqtisodiy
bahosini, muhofazasini bilish, qishloq xo‘jalik ekinlarini tuproq holatini
ko‘ra ilmiy asoslangan holda joylashtirish, tuproqqa ekologik «toza»
ishlov berish usullari va o‘g‘itlashni yuqori saviyada olib borish talab
qilinadi.
Mamlakatimizda paxtachilik va g‘allachilik dehqonchilikning eng
serdaromad tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Paxta va g‘alla hosildorligini
oshirishda tuproqning agrofizik xossalari muhim ahamiyatga ega. Chunki,
bug‘doy o‘simligi tuproqdagi issiqlikga, namlikga va oziqa moddalarga
talabchandir. Paxtachilik va donchilik respublikamiz miqyosida
rivojlanganligi uchun tuproq harorati va oziqa elementlari o‘simlikning
o‘sishi va rivojlanishini cheklovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Chunki, respublika mintaqalarida tuproq sharoitlari turli-tumandir.
Shuning uchun ham tuproq namligini uzoq vakt maqbul darajada saqlab
turish suv tankisligi mavjud bo‘lgan paytda muhim ahamiyatga ega.
Demak, bug‘doyni erta kuzda ekib yuqori hosil va barvaqt yig‘ishtirib
olishga bahorgi haroratning ta’siri katta va o‘suv davrida suv etishmasligi
hosildorlikni kamayishiga olib keladi. Shu sababli ham tuproq harorati,
namligi va boshqa xossalarini maqbullashtirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil etishtirishda asosiy
masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, keyingi yillarda respublikamiz
Oliy o‘quv yurtlarida “Tuproq fizikasi” fanini o‘qitishga katta e’tibor
berilmoqda.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda Toshkent davlat agrar
universiteti o‘qituvchilari q.x.f.d., professor I.Turapov, b.f.d., professor
D.A.Qodirova, b.f.d., professor M.E.Saidova, q.x.f.f.d. (PhD), dotsent
N.Ch.Namozov va q.x.f.f.d. (PhD), dotsent D.U.Burxanovalar tomonidan
“Tuproq fizika”si fanidan ushbu darslik tayyorlandi. Darslik ba’zi
3