Page 9 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 9

O‘zbekistonda 1934 yildan boshlab S.N.Rijov rahbarligida qadimdan
            sug‘oriladigan  va  sug‘orishga  moyil  tuproqlarning  fizik  xususiyatlari  va

            rejimlari  o‘rganila  boshlandi.  Dastavval  bo‘z  tuproqlarning,  keyinchalik
            cho‘l  va  sahro  tuproqlarining  mexanik  va  mikroagregat  tarkiblari,
            solishtirma  va  hajm  og‘irligi,  g‘ovakligi,  tuproqdagi  suv  shakllari  va

            rejimlari, tuproq havosi, uning termik xossalari va boshqa bir qancha fizik
            ko‘rsatkichlari        tekshirildi.      Bu      sohada        S.N.Rijov,       V.B.Gussak,
            A.F.Ustinovich,            S.P.Matuseevich,             P.N.Besedin,           M.U.Umarov,

            I.N.Felitsiant, B.V.Gorbunov, A.A.Rode, X.Abduvohidov va I.Turapovlar
            o‘z  tadqiqotlarini  olib  borishgan.  Tuproq  strukturasi,  tuproqlarni  suv  va
            shamol  eroziyasidan  saqlash,  eroziyani  bartaraf  qilish  bo‘yicha
            V.B.Gussak,  P.N.Besedin,  K.P.Paganyas,  K.Mirzajonov,  X.Maxsudov,

            X.Xamdamovlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
                   Ekinlar  hosildorligini  oshirish,  avvalo  tuproqning  xossa  va
            xususiyatlarini yaxshi o‘rganishni taqozo qiladi. Kundalik hollarda qishloq

            xo‘jaligi ishlab chiqarishi tajribasida tuproqning xossalari, ayniqsa uning
            fizik rejimlari e’tibordan chetda qolib, ekinlar hosildorligi asosan mineral
            va organik o‘g‘itlar solish hisobiga oshiriladi.
                   Akademik  V.R.Vilyams  ta’biri  bilan  aytganda,  tuproq  unumdorligi

            o‘simliklar hosildorligini muttasil oshiruvchi hayotiy omillar bo‘lib – oziq,
            suv,  havo,  issiqlik  va  yorug‘lik  hisoblanadi.  Bu  omillar  mustaqil  hech
            qachon bir-birining o‘rnini almashtirmaydi, lekin o‘zaro munosabatda va

            bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu omillarni boshqarish, eng oldin tuproqning fizik
            xossalarini  bilishni  va  ularni  yaxshilash  tadbirlarini  o‘rganishni  taqozo
            qiladi.

                   O‘zbekiston  respublikasining  g‘arbiy  qismining  cho‘l  mintaqasi
            sug‘oriladigan  tuproqlarining  suv-fizik,  mexanik  va  boshqa  fizik
            xossalarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  ilmiy  tadqiqotlar  L.Tursunov

            tomonidan  olib  borilgan.  Tadqiqotlar  davomida  Xorazm  vohasining
            sug‘oriladigan  tuproqlarining  kimyoviy  va  mineralogik  tarkibi,  il
            zarrachasining  tarkibi  va  undagi  kimyoviy  elementlar  migratsiyasi,  yirik
            chang  va  il  zarrachalarining  mineralogik  tarkibi,  tuproqlarning  agrofizik

            (mexanik tarkibi, agregat holati, hajm va solishtirma og‘irligi, g‘ovakligi,
            suv  xossalari,  fizik-mexanik  xossalari)  xossalarini  o‘rganishga  oid  keng
            qamrovli ma’lumotlar olindi. Olingan ma’lumotlar asosida cho‘l mintaqasi

            allyuvial tuproqlari gidromodul va tuproq-meliorativ rayonlashtirildi.
                   Qarshi  cho‘lining  asosiy  tuproq  tiplarining  suv  va  harorat  rejimi
            E.Qarshiboev  izlanishlarida  o‘z  aksini  topadi.  Bu  tadqiqotlarda  Qarshi
            cho‘li  tuproqlari  suv  va  harorat  rejimining  hudud  iqlimining  yillik,


                                                              8
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14