Page 12 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 12
I- BOB. TUPROQNING MEXANIK TARKIBI
§1.1. Mexanik (granulometrik) elementlar va agregatlar.
Ularning kelib chiqishi, tarkibi va xossalari
Mexanik (granulometrik) elementlar va agregatlar. Tuproqning
paydo bo‘lishi - bu eng oldin nurash qobig‘ining ustki qismida yotuvchi
ona jinsning murakkab jarayonli (mexanik, kimyoviy va biologik
nurashlar) mahsuli hisoblanadi. Bunday jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan
tuproq qattiq qismining har xil katta – kichiklikdagi va har xil shakldagi
mineral va tog‘ jinslari bo‘lakchalaridan tortib kolloidlar deb atalgan eng
mayda zarrachalarni o‘z ichiga oladi. Nurash tufayli hosil bo‘lgan tog‘
jinslari hamda minerallar, ularning ayrim zarrachalari mexanik elementlar
deyiladi.
Tuproq fizikasiga oid adabiyotlarda mexanik elementlar tushunchasi
to‘g‘risida har xil ta’riflar mavjud.
K.K.Gedroys mexanik elementlarga “ayrim mikro, ultra va
mikrokristallar”ni kiritadi. A.F.Tyulin va I.N.Antipov-Karataev mexanik
elementlar deganda, o‘zaro kimyoviy munosabatda bo‘lgan ayrim
zarrachalarni tushunadi. A.A.Rode yuqoridagi ta’riflarga quyidagi
majburiy shartni kiritadi: mexanik elementlarning har bir zarrachasi
ma’lum bir kristallik panjarada bo‘lishi lozim.
A.A.Rodening bu ta’rifida quyidagi narsani tanqidiy tushunish shart:
birinchidan, mexanik elementlar faqatgina kristallar bo‘lmasdan, balki
amorf holatda ham uchrashi mumkin. Masalan, kremniy oksidi, temir va
alyuminiy gidrooksidlari, chirindi moddalari va ikkinchidan, tuproqda
murakkab kristall panjarasiga ega bo‘lgan tog‘ jinslari bo‘lakchalari
mexanik elementlar uchraydi. Granitning mexanik zarrachasida ikki va
undan ortiq kristallik panjarasi saqlanadi.
YUqorida keltirilgan fikr – mulohazalardan xulosa qilib mexanik
elementlarga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Mexanik elementlar nurash kobig‘idagi jins va minerallarning har xil
kattalikda va shakldagi o‘zaro kimyoviy bog‘liqlikka ega bo‘lgan bo‘lak
va bo‘lakchalar, shuningdek amorf birikmalardir.
Tabiiy sharoitda mexanik elementlar hamma vaqt o‘zgarishda
bo‘ladi, ya’ni ular tuproqda mavjud bo‘lgan har xil organik kislotalar, ohak
moddasi ta’sirida yoki mexanik mavjud yuza tortilish energiyasiga hamda
Vander-Vaals kuchlari ta’sirida birikib tuproq agregatchalarini va bu
agregatchalar o‘zaro birikishda davom etib tuproq agregatlarini vujudga
11