Page 16 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 16
Tuproq mineralogik tarkibining xilma-xil bo‘lishida ona jinsning
tarkibi muhim rol o‘ynaydi.
2-jadvalda solishtirish maqsadida MDH ning turli hududlarida keng
tarqalgan ona jinslarning mineralogik tarkibi keltirilgan.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyodagi, ayniqsa,
Qozog‘istondagi keltirilmalar, og‘ir fraksiyalar – ruda minerallari,
silikatlar, slyudalar miqdorining ortiq bo‘lishi bilan MDHning shimoliy
tumani yotqiziqlaridan farq qiladi. Janubiy va shimoliy hududlarda ham
engil minerallar miqdori 93-99 % ni tashkil etadi.
Tuproq il zarrachalarining mineralogik tarkibini o‘rganish mazkur
tuproqlarga to‘liq tafsilot berishda, ayniqsa ularning tuproq hosil bo‘lish
jarayonini ochib berishda, shuningdek, bu tuproqlar uchun xos bo‘lgan
fizik rejimlar haqida to‘g‘ri mulohaza yuritishda muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda Xorazm vohasi tuproqlarining tarkibini o‘rganish
maqsadida rentgenografiya va elektron mikroskopiya uslublarini keng
qo‘llash orqali L.Tursunov bu o‘lka tuproqlarining mineralogiyasiga doir
muhim ma’lumotlar oldi.
2-jadval
Ona jinslarning mineralogik tarkibi
Minerallar Qirg‘izistondagi Mirzacho‘l Sirdaryo Amudaryo Tixvin
porfirli granit lyossi allyuviysi allyuviysi hududidagi
allyuviysi morena
kumog‘i
Og‘ir fraksiyalar 6,7 3,4 1,7 1,0 0,84
Rudali minerallar
(liarnit, magnetit, 2,2 0,7 0,6 0,5 0,38
ilmenit, qo‘ng‘ir
gidrooksidlar)
Amfibolalar va 1,0 0,9 0,1 0,2 0,28
piroksenlar
Epidot va sozit Kamdan
0,32 0,05 0,1 0,18
uchraydi
Slyudalar 2,7 1,4 0,5 0,2 -
Turmalin Kamdan - Kamdan Kamdan -
uchraydi uchraydi uchraydi
Sfen Kamdan Kamdan
0,02 0,1 -
uchraydi uchraydi
Apatit 0,1 0,03 0,02 -
Engil fraksiyalar 93,3 96,6 98,6 99,0 98,99
Kvars 38,4 33,5 38,5 37,2 92,07
Dala shpati 54,9 51,5 41,7 15,0 1,98
Gidrooksidlar va soz yo‘q 11,6 18,4 46,8 5,94
minerallar
15