Page 15 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 15

mineralogik  tarkibga  ega  bo‘lgan  o‘ziga  xos  mexanik  elementlar
            mavjudligini ham ochib berdilar.

                   Keyingi yillarda tuproqning eng mayda zarrachasi il (gil) ning tarkibi
            va  xususiyatini  o‘rganish  maqsadida  rentgenografiya,  termik  elektron
            mikroskopiya uslublari keng qo‘llanilmoqda. Natijada MDH ning har  xil

            iqlim zonalarida tarqalgan tuproqlar il zarrachasining minerologik tarkibi
            keng o‘rganilgan (1-rasm).
                   N.I.Gorbunov  bo‘yicha  il  tarkibida  montmorillonit,  beydellit,

            iontronit, kaolinit, gallauzit, gidroslyuda, bemit, gidrargillit, getit, gematit,
            allofon, opal va shunga yuqori dispers, yuqori molekulyar tuzilishga ega
            bo‘lgan ikkilamchi minerallar eng ko‘p tarqalgan.
                   1-jadvalda  MDH  tuproqlaridagi  mayda  zarrachalarda  uchraydigan

            asosiy  minerallar  keltirilgan.  Bunda  har  bir  tuproq  tipi  o‘ziga  xos
            mineralogik tarkibga ega ekanligini ko‘rish mumkin.

                                                                                                   1-jadval
                                MDH tuproq tiplaridagi yuqori dispers minerallar
                                             (N.I.Gorbunov ma’lumotlari)


                    Tuproqlar             Keng tarqalgan       Ishtirok etuvchi, lekin     Tuproqlarning
                                            minerallar          harakterli bo‘lmagan         tarqalishi
                                                                     minerallar

                Morenalar va turli       Beydellit, ayrim       Slyuda, gidroslyuda,     MDHning chimli-
                qumloqlarda tarkib         holda amorf           kvars oz miqdorda        podzol va podzol
                 topgan podzol va        birikmalar bilan     kaolinit, montmorillonit    tuproqlar zonasi
                 chimli tuproqlar       aralashgan holatda

               Qumloqlarda tarkib           Beydellit           Slyuda, gidroslyuda,       MDHning qora
               topgan qora tuproqlar                           kvars, amorf moddalar,     tuproqlar zonasi
                                                                   montmorillonit
                  Qadimgi sozli         Kaolinit, beydellit     Slyuda, gidroslyuda,      Ukraina, Rostov
                yotqiziq va granit                             kvars, amorf moddalar,         oblastida
               ellyuviylarda tarkib                                montmorillonit
               topgan qora tuproqlar
                Sur tusli qo‘ng‘ir,    Gidroslyuda, amorf     Kvars, slyuda va boshqa       O‘zbekiston,
               taqir, bo‘z tuproqlar    moddalar, beydellit     birlamchi minerallar        Qozog‘iston,
                                                                                             Turkiston,
                                                                                            Qirg‘iziston,
                                                                                            Ozarbayjon

                  Andezit-bazalt,       Gallauzit, kaolinit,      Amorf moddalar,         Gruzis va boshqa
               ellyuvial grafitlarda     gidradgillit, getit    allofon, yarim oksidlar,     territoriya
                tarkib topgan qizil                                beydellit, kvars      subtropik zonalari
                    tuproqlar                                       aralashmasi



                                                             14
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20