Page 11 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 11

Har xil materiallar bilan mulchalangan qator oralig‘i 90 sm bo‘lgan
            pushtalarga  ekilgan  g‘o‘za  maydonlarida  tuproq  zichligining  optimal

            bo‘lishiga  erishilgan,  shuningdek  qulay  suv,  havo,  issiqlik  va  oziqa
            rejimlari yaratilgan. Bu esa tuproqlarning biologik faolligini jadallashuviga
            va g‘o‘za hosilini hamda sifatini oshishiga imkon yaratadi.

                   Tuproqning  sho‘rlanish  jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘pgina
            nazariy  masalalarni  hal  etishda  tuproq  va  uning  fizik  xossalarini  bilish
            muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  tuproq  tarkibidagi  suv  va  unda  erigan

            tuzlarning  harakatlanish  tezligi,  to‘planishi,  parchalanishi  va  shunga
            o‘xshash  jarayonlar  bir  xil  mexanik  tarkibli  hamda  murakkab  mexanik
            tarkibli  (qat-qat  yotqiziqli  gruntlar)  tuproq-grunt  profilida  o‘ziga  xos
            xarakterga  ega  bo‘ladi.  Shuning  uchun  tuproq  fizikasini  mukammal

            o‘rganish uning unumdorligi sirlarini ochishda yordam beradi.



                   Mustaqil ishlash uchun savollar:

                   1.  Tuproq fizikasi necha bo‘limdan iborat?
                   2.  Tuproq fizikasi faniga asos solgan olimlar?

                   3.  Tuproq  fizikasi  fanining  rivojlanish  tarixi  haqida  nimalarni
            bilasiz?
                   4.  Tuproq fizika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

                   5.  O‘zbekistonda  tuproq  fizikasi  fanining  asoschilari  kimlar  va
            ularning tuproq fizikasi faniga qo‘shgan hissasi haqida aytib bering?



































                                                             10
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16