Page 6 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 6

KIRISH


                   Qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirish,  ayniqsa,  asosiy  qishloq  xo‘jalik
            ekinlarining  hosildorligini  oshirish  hozirgi  kunda  respublikamizda  o‘ta
            dolzarb  vazifalardan  hisoblanadi.  Sir  emaski,  ekinlar  hosildorligini

            oshirish, avvalo tuproqlarning xossa-xususiyatlari va tartibotlarini chuqur
            o‘rganish asosida ularning unumdorligini oshirish bilan hal etiladi.
                   Ko‘pchilik  hollarda  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarish  tajribasida

            tuproq  unumdorligini  belgilovchi  ko‘rsatkichlardan  biri  hisoblangan
            tuproqning  fizikaviy  xossalari  e’tibordan  chetda  qolib,  tuproq
            unumdorligini oshirish ishlari, asosan, mineral va organik o‘g‘itlar solish
            hisobiga amalga oshiriladi.

                   Lekin,  ta’kidlash  joizki,  tuproq  unumdorligini  oshirish  va
            o‘simliklarning  oziqa  moddalarga  bo‘lgan  talabini  qondirish  faqatgina
            agrotexnik  tadbirlarning  to‘g‘ri  olib  borilishiga  emas,  balki  tuproqda

            kechadigan bir qancha fizik jarayonlarni, jumladan tuproqdagi oziqa, suv,
            havo,  issiqlik  rejimlari  kabi  o‘simliklarning  o‘sib-rivojlanishi  uchun
            muhim  hisoblangan  xususiyatlarni  yaxshilash  va  ular  o‘rtasidagi
            mutanosiblikni  tiklashga  bog‘liqdir.  Darhaqiqat,  yuqorida  sanab  o‘tilgan

            tuproqning fizik xususiyatlari bir-birining o‘rnini almashtira olmaydigan,
            o‘ta  mustaqil  va  shu  bilan  birgalikda  o‘zaro  munosabatda  bo‘ladigan
            xossalar hisoblanadi. Shu bois, tuproq fizikasi fanining asosiy vazifasi ham

            aynan  ma’lum  bir  tuproq-iqlim  sharoitini  hisobga  olgan  barcha  qishloq
            xo‘jaligi  ekinlari  uchun  maqbul  bo‘ladigan  hayotiy  omillar  o‘rtasidagi
            bog‘liqlikni ilmiy asoslashdan iborat.


                   Tuproq fizikasi fanining predmeti va asosiy bo‘limlari. Darslikda
            respublikamiz  hududida  keng  tarqalgan  hamda  sug‘orish  bilan  band

            bo‘lgan  asosiy  tuproq  tiplari,  tipchalarining  ayrim  fizik  xossalarini  turli
            omillar  ta’sirida  o‘zgarish  qonuniyatlari  keng  yoritib  berilgan.
            Shuningdek, ushbu xossalarni mukammal o‘rganish asosida tuproqlarning
            unumdorligini  oshirish,  saqlash  hamda  asosiy  qishloq  xo‘jaligi

            ekinlarining  hosildorligini  talab  darajasigacha  ko‘tarishdagi  ahamiyati
            masalasini hal qilishga qaratilgan tadbirlar to‘g‘risida fikr yuritilgan.
                   Birinchi  bob  –  tuproqning  mexanik  va  mikroagregat  tarkiblari,

            mexanik elementlarning kelib chiqishi, ularning petrografik,  mineralogik
            tarkiblari  va  kimyoviy  xossalarini,  mexanik  elementlarning  katta  –
            kichikligiga  qarab  klassifikatsiyalanishini,  mexanik  va  mikroagregat
            tarkibini  o‘rganish  uslublari,  tuproqlarning  mexanik  tarkibiga  ko‘ra


                                                              5
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11