Page 7 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 7
klassifikatsiyasi, mexanik tarkibiga ko‘ra bonitirovkalashni, mexanik
tarkibini o‘rganishning ahamiyatini va olingan ma’lumotlarni
rasmiylashtirishni, ularning strukturali va disperslik koeffitsientlari kabi
mavzularni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi bob – tuproqning solishtirma yuzasi va erkin yuza
energiyasini, tuproqning hajm va solishtirma og‘irligi, g‘ovakligi hamda
ularni o‘rganish uslublarini, tuproqning umumiy fizik xossalarini
yaxshilash yo‘llari, tuproq qattiq fazasining fizik-mexanik xossalarini,
plastikligi, yopishkoqligi, bo‘kishi, cho‘kishi, erga ishlov berish
texnikasiga qarshiligini hamda ularni o‘rganish uslublari kabi mavzularni
o’z ichiga oladi.
Uchinchi bob - tuproq strukturasi va uning turlarini, strukturaning
hosil bo‘lishi, buzilish sabablari va uni tiklash yo‘llarini, shuningdek,
tuproq strukturalignini aniqlash uslublarini kabi qismlarni o‘z ichiga oladi.
To’rtinchi bob – tuproq suyuq fazasi va gazsimon fizikasiga
bag‘ishlangan bo‘lib, bu bo‘limda tuproq tarkibidagi mustahkam
bog‘langan (gigroskopik, maksimal gigroskopik, o‘simlikning so‘lish
namligi), bo‘sh bog‘langan (maksimal molekulyar suv) va erkin (dala nam
sig‘imi, kapillyar va to‘la nam sig‘imi) kapillyar, gigroskopik suvlarning
fizik xossalari, tuproqning suv rejimi tiplari, tipchalari, suv
o‘tkazuvchanlik, kapillyarlik xossalari, sizot suvlari, ularning kelib
chiqishi va suv xossalariga ta’siri, qurg‘oqchilik va unga qarshi kurashish
yo‘llari, tuproqning suv xossalari va ularni dehqonchilik madaniyati
ta’sirida o‘zgarishi, shuningdek, suv-fizik xossalarni o‘rganish uslublari,
tuproqlarning suv rejimi, uning tiplari va suv balansi, O‘zbekiston
tuproqlarining suv rejimi, tuproqning havo xossalari, tuproq havosining
tarkibi va uning o‘zgarishi, tuproqdagi havo va gazlar almashinuvi, tuproq
havo rejimi va uni boshqarish uslublari kabilar keng yoritilgan.
Beshinchi bob – tuproqning issiqlik rejimiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu
bo‘lim tuproqning issiqlik-fizik xossalari, tuproqning radiatsion va issiqlik
balansi, ularning tenglamalari, tuproq yuzasi haroratining sutkalik va yillik
o‘zgarishi, tuproqning pastki qatlamlariga issiqlikning ko‘chish
qonuniyatlari, tuproq haroratining o‘simlikka ta’siri, relef, o‘simliklar va
qor qoplamining tuproq haroratiga ta’siri, O‘zbekiston tuproqlarining
issiqlik rejimi, mulchalashning tuproqning issiqlik rejimiga ta’siri, tuproq
issiqlik rejimining g‘o‘za rivojlanishi davrida o‘zgarishi, shuningdek,
tuproq issiqlik rejimini o‘rganish usullari kabi qismlarni o‘z ichiga oladi.
Oltinchi bob – tuproq elektrofizikasini o‘rganadi. Ushbu bo‘limda
tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi haqida tushuncha, uning haroratga
6