Page 8 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 8

bog‘liqligi,  tuproq  zarrachalarining  shakli,  umumiy  g‘ovakligi  va  elektr
            o‘tkazuvchanlik  o‘rtasidagi  bog‘liqliklar,  elektr  o‘tkazuvchanlikning

            tuproq namligiga bog‘liqligi, uni o‘lchash usullari, O‘zbekiston sharoitida
            tuproqlarning  sho‘rlanganligini  elektrokonduktometrik  uslub  yordamida
            aniqlash,  tuproqning  asosiy  magnit  xossalari  va  uni  o‘lchash  uslublari,

            tuproq  magnetizmi  sohasidagi asosiy dalillar va ayrim  qonuniyatlar kabi
            qismlarga alohida to‘xtalgan.


                   Tuproq  fizikasi  fanining  rivojlanishining  qichqacha  tarixi.
            Tuproqshunoslik, shu jumladan, tuproq fizikasi fanining rivojlanishi ulug‘
            rus olimi M.V. Lomonosov faoliyati bilan bog‘liqdir. U o‘zining asarlarida
            birinchi  bo‘lib  rus  qora  tuproqlari  evolyusiyasini,  ularning  kimyoviy  va

            fizik xossalarini ilmiy asosda talqin qildi. M.V. Lomonosov ta’biri bilan
            aytganda, qora tuproqlar “tasodif” kuchlar ta’sirida vujudga kelgan emas,
            ular uzoq vaqt mobaynida o‘simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan

            hosil  bo‘lgan  mahsuldir.  Shu  bilan  birga,  u  sho‘r  tuproqlar  hamda
            torflarning kelib chiqish ta’limotini ham olg‘a surdi.
                   Tuproq,  uning  xossa  va  xususiyatlari  to‘g‘risidagi  bilimlarni  keng
            o‘quvchilar  ommasiga  etkazishda  hamda  tuproq  to‘g‘risidagi  bilimlarni

            targ‘ibot  qilishda  Moskva  universitetining  professori  M.I.  Afoninning
            xizmatlari katta.
                   XVIII  asrning  oxiri  va  XIX  asrning  birinchi  choragida  qishloq

            xo‘jalik fanlarining rivojlanish markazi Germaniya va Angliya hisoblanar
            edi.  O‘sha  davrning  namoyondalaridan  biri  nemis  olimi  Alfred  Teer
            asarida  tuproq  strukturasining  paydo  bo‘lishida  chirindi  moddasining

            muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib bergan.
                   Agrofizikaning rivojlanishida nemis olimlari V.Shumaxer (1864) va
            E.Volnilarning (1878-1898) ijodiy faoliyati muhim o‘rin tutadi. Shumaxer

            o‘zining  “Fizika  pochvi”  kitobida  (1864)  tuproqlarning  jami  fizik
            xossalariga tafsilot beradi.
                   V.V.Dokuchaev,  A.A.Izmailskiy,  P.A.Kostichev,  G.N.Visotskiy,
            P.V.Ototskiy,            N.M.Sibirsev,             A.G.Doyarenko,              A.F.Lebedev,

            N.A.Kachinskiy  va  boshqalar  tuproqning  agrofizik  xossalarini  o‘rganish
            sohasida  mukammal  dastur  tuzdilar.  Bu  dasturda  tuproqning  tabiiy  jins
            ekanligi e’tiborga olinib, butun agrofizik xususiyatlar genetik qatlamlarda

            ularning tabiiy holati buzilmagan holda o‘rganilishi lozimligi ko‘rsatildi.
                   O‘rta  osiyoda,  ayniqsa  O‘zbekistonda  tuproqning  fizik  xossalarini
            o‘rganish sug‘oriladigan dehqonchilikda ekinlar hosildorligini oshirishdagi
            muammolarni echishda muhim o‘rinni egallaydi.


                                                              7
   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13