Page 13 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 13
keltiradi. Tuproqning eng mayda zarrachasi – kolloidlarda agregat hosil
qiluvchi ichki kuchlar yaxshi ifodalanadi. SHuning uchun ham mexanik
tarkibi jihatdan og‘ir tuproqlarda agregatlarning hosil bo‘lishi uchun katta
imkoniyatlar mavjud. Akademik K.K.Gedroys taklifiga ko‘ra o‘lchami
0,25 mm dan kichik bo‘lakchalarni mikroagregatlar, 0,25 mm dan katta
bo‘lakchalarni esa makroagregatlar deb atash shartli qabul qilingan.
Tuproq mexanik elementlarining kelib chiqishi va tarkibi.
Tuproq mexanik elementlari mineral, organik va organo-mineral
(gumatlar) singari guruhlarga ajratilib, mineral elementlar (torfli va o‘ta
chirindili tuproqlardan tashqari) tuproqning asosiy qismini (tuproq
massasiga nisbatan 90-98 % ni) tashkil etsa, gumatlar va organik kislotalar
esa uning massasiga nisbatan atigi 2-10 % ini tashkil etadi. Tuproqning bu
mexanik elementlari tog‘ jinslarining nurashi natijasida vujudga keladi.
Tuproqdagi fizik, kimyoviy, biologik nurashlar bir vaqtning o‘zida borishi
mumkin, lekin bu jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan mexanik elementlar
tipi, miqdori har xil bo‘ladi.
Mineral elementlarning paydo bo‘lishida tog‘ jinslarining birinchi
nurash bosqichida nuralgan jinslar nisbatan kichik absolyut va nisbiy
yuzaga ega bo‘ladi. Ular haroratning o‘zgarishi, suv va shamol ta’sirida
o‘simliklarning ildiz tizimi, moxlar, lishayniklar, bakteriyalar ta’siriga
uchraydi. Bunda fizik va nisbatan kam miqdorda biologik nurash ustunlik
qiladi. Bu bosqichda nuralgan jinslar har xil katta – kichiklikdagi
bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, mexanik nurash
jarayonida har xil kattalikdagi harsangtosh, chag‘irtosh, shag‘al, yirik
qumlar paydo bo‘ladi.
Paydo bo‘lgan zarrachalar yuza energiyasining oshishi bilan biologik
omilning roli hamda kimyoviy nurash, ayniqsa, elementlarning
oksidlanishi va qaytarilishi, mineral tuzlarning oksidlanishi va qaytarilishi,
mineral tuzlarning qayta erishi, kristallanishi kuchayadi.
V.R.Vilyams bo‘yicha tuproqning (diametri 3 mm dan katta) tosh
qismi turli tog‘ jinslaridan (granit, porfirit) tashkil topgan. Qumda ham hali
dastlabki jinslarning zarrachalari bo‘lib, ular asosan kvars, dala shpati,
slyuda, rogovaya obmanka kabi minerallarning emirilish mahsulotlaridir.
Qum zarrachalarning emirilishida faqat emirilishga chidamli mineral –
kvars o‘zgarmay qoladi. Qum zarrachalari tarkibidagi dala shpati, slyudaga
o‘xshashlar yana emirilishda davom etib, chang va il zarrachalarning
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Yirik chang (diametri 0,05-0,01 mm) tarkibida kvars ham ma’lum
miqdorda bo‘ladi. O‘rta changda (diametri 0,01-0,005 mm) uning miqdori
12