Page 14 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 14
keskin kamayadi, bu erda amorf kremniy kislotalari va gidratlari miqdori
ortib boradi. Mayda changda esa (diametri 0,005-0,001 mm) tuproqning
eng mayda zarrachasi il (gil) ga o‘tish chegarasida joylashganligi uchun
bunda kimyoviy va biologik nurash mahsulotlari – gidroslyudalar, temir,
alyuminiy, marganets oksidlari va gidratlari, kaolinit, fosfatlar asosiy
o‘rinni egallaydi.
Il (gil) da (diametri 0,001 mm dan kichik), asosan kimyoviy va
biologik nurash mahsulotlari, organik kislotalar uning eng ko‘p qismini
tashkil etadi.
1-rasm. O‘tloqi allyuvial tuproqlar il zarrachasining rengenogrammasi
K.D.Glinka, B.B.Polinov, A.A.Rode, E.I.Kocherina, A.D.Voronin va
boshqalar o‘z tekshirishlarida mexanik elementlarning bosqichli paydo
bo‘lishlarini ko‘rsatish bilan birga har bir tuproq tipi uchun xilma-xil
13

