Page 17 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 17
Bu uslublar vositasida eng oldin Xorazm vohasining tuproqlarida
gidroslyuda, xlorit, montmorillonit, kaolinit, bir oz miqdorda sepiolit,
paligorskit kabi minerallar ishtirok etishi tasdiqlandi. Mineralogik tarkib
jihatdan Xorazm vohasining asosiy tuproq tiplari gidroslyuda va xloritlarni
ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi (3-jadval).
Organik tarkibli mexanik elementlar tuproqdagi o‘simlik va
hayvon qoldiqlari va mikroorganizmlarning chirishi natijasida paydo
bo‘ladi. Minerallarning paydo bo‘lishida biologik, mikrobiologik, shu
bilan birga kimyoviy va fizik – kimyoviy jarayonlar asosiy o‘rinni
egallaydi. Bu jarayonlar natijasida tuproqda chirindi hosil bo‘ladi.
Organo-mineral tarkibli elementlar yoki gumatlar – mineral va
organik elementlarning qo‘shilmasidir. Bunday tipdagi mexanik
elementlar tuproq qatlamlarining ba’zi bir chuqurligida tuproq hosil
qiluvchi ichki omillar natijasida vujudga keladi. Masalan, chimli-podzol
tuproqlarning illyuvial qatlamlaridagi organo-mineral agregatlar, tipik bo‘z
tuproqlarda karbonatli agregatlar shular jumlasidandir.
3-jadval
Xorazm vohasi tuproqlari zarrachalarining mineralogik tarkibi (zarracha
og‘irligiga nisbatan, %)
CHuqurligi, Gidro- Xlorit Kaolinit Montmoril- Sepiolit Allyuminiy
sm slyuda lonit paligor- skit va temir
oksidlari
1-kesma. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar
0-20 33 34 14 13 4 3
20-30 34 35 15 14 - 2
30-49 34 35 13 14 2 2
49-76 32 35 16 10 - 7
4-kesma. Qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari
0-29 40 9
0-29 40 35 9 15 - 1
29-39 37 36 14 10 - 3
39-60 35 36 11 10 - 8
80-110 35 35 12 13 - 5
140-170 35 35 13 12 - 5
195-210 35 30 12 13 5 5
5-kesma. Sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq tuproqlar
0-30 34 32 13 15 - 6
30-40 33 32 13 16 - 6
16