Page 22 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 22

Dastlabki  klassifikatsiyada  mexanik  zarralar  chegarasi  –  toshchali
            qismi, qum, chang va il hamma mualliflarda bir-biriga to‘g‘ri keladi, lekin

            ayrim  terminlar  tushunchasi  to‘g‘risida  turli  qarashlar  bo‘lgan.  Masalan,
            V.Osborn  klassifikatsiyasidagi  il,  N.A.Lorens  va  V.V.Dokuchaev
            klassifikatsiyasidagi  changga  to‘g‘ri  keldi.  Terminologiya  sohasidagi

            kelishmovchiliklar            hozirgi       kunda         ham        mavjud.        Dastlabki
            klassifikatsiyalarda E.SHene 6 ta zarracha, A.A.Fadeev, A.N.Sabanin 11 ta
            dan zarracha ajratib, o‘z klassifikatsiyalarini ancha mukammal ishlaganlar

            va ular Rossiyada keng tarqalgan (7-jadval).
                   Mexanik  zarrachalar  qancha  ko‘p  ajratilgan  bo‘lsa,  bu  shunchalik
            yaxshi  degan  xulosaga  kelish,  noto‘g‘ri.  Bu  masalada  ham  o‘ziga  xos
            aniqlik bo‘lishi lozim. Juda sodda klassifikatsiya (masalan, V.Osbornda 4

            mexanik zarracha - tosh, qum, il, loyqa – ajratilgan) tuproq xususiyatini
            to‘liq  xarakterlamaydi,  juda  tabaqalashtirilgan  klassifikatsiya  esa  undan
            foydalanishni  qiyinlashtiradi.  SHuni  esda  tutish  kerakki,  tasnifda

            birinchidan - o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir-biriga yaqin turuvchi mexanik
            zarralar  to‘g‘ri  ajratilishi  shart,  ikkinchidan  -  klassifikatsiya  faqatgina
            ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallanmasdan, balki ishlab chiqarish talablariga
            ham javob berishi uchun u juda sodda va aniq bo‘lishi kerak.

                   Mexanik           elementlarning           V.R.Vilyams           ishlab        chiqqan,
            N.A.Kachinskiy            tomonidan         anchagina         o‘zgartirishlar        kiritilgan
            klassifikatsiyasi keng tarqalgan bo‘lib, ilmiy va ishlab chiqarish talablariga

            javob beradi.
                   N.A.Kachinskiy  o‘z  klassifikatsiyasida  A.N.Sabanin  taklif  etgan  –
            0,01  mm  dan  katta  zarralarni  “fizik  qum”,  0,01  mm  dan  kichik

            zarrachalarni  esa  –  “fizik  loy”  deb  qoldiradi.  SHuni  ta’kidlash  kerakki,
            mexanik  elementlarning  bo‘linishini  A.N.Sabanin  bo‘yicha  qoldirilishi
            rasmiy hisoblanadi. Muallif o‘zining klassifikatsiyasida T.T.Stoks usulida

            mexanik  elementlarning  suvda  cho‘kish  tezligini  hisoblagan  bo‘lsa,
            Sabanin esa bu maqsadda E.Shene usulidan foydalangan.
                   N.A.Kachinskiy  1937  yilgi  tasnifida  16  ta  mexanik  zarrachani  o‘z
            ichiga olgan 4 ta guruhni ajratdi. 1957 yilda esa klassifikatsiyasiga biroz

            aniqliklar kiritdi.
                   Birinchi  o‘rinda  u  tuproqning  faol  va  faolmas  qismlar  chegarasini,
            ya’ni  skeletli  va  mayda  zarrachali  (qum)  qismini  aniqroq  ajratish  ustida

            ishladi (8-jadval).








                                                             21
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27