Page 25 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 25
8-jadval
MDHda keng tarqalgan tuproqlar mexanik elementlarining hozirgi zamon
klassifikatsiyasi (1937-1957 yy.)
Tuproq
mexanik
elementlari- N.A.Kachinskiy, N.A.Kachinskiy, V.V.Oxotin 1940
ning effektiv 1937 1957 1940
diametri, mm
> 20 Yirik
20-10 O‘rta
10-7 Toshli Toshli SHag‘al Mayda
7- 3 Juda mayda
3-2 Yirik SHag‘al Yirik
2-1
1-0,5 Qum Yirik qum Qum O‘rta
0,5-0,25 O‘rta O‘rta Mayda
0,25-0,05 Mayda Mayda CHangli qum
0,05-0,01 Yirik chang Yirik chang CHang
0,01-0,005 Il
0,005-0,002 O‘rta O‘rta
0,002-0,001 Mayda Dag‘al
0,001-0,0005 Mayda dag‘al Loy
0,0005-0,0001 Il Il mayin Mayin
< 0,0001 Kolloid
>0,01 Fizik qum Fizik qum
<0,01 Fizik loy Fizik loy
Ma’lumki, tabiiy sharoitida qumlar yuqori suv o‘tkazuvchanlikka ega
bo‘lishi bilan birga sezilarli nam sig‘imiga (8-10 %) hamda kapillyarlik
xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Shuning uchun qumli erlar o‘rmon xo‘jaligi hamda ko‘pgina poliz
ekinlari uchun yaroqli hisoblanadi.
1 mm dan katta mexanik zarrachalar butunlay boshqa xususiyatga
ega: katta suv o‘tkazuvchanlik, nam sig‘imi hamda kapillyar hodisa esa
deyarli yo‘q. O‘zining xususiyatlari bilan bu zarrachalar tuproqning
toshchali qismiga yaqin turadi. SHuning uchun ham Kachinskiy 1957 yilda
bunday zarrachalarni (3-1 mm) shag‘al deb atashni taklif etadi. Bundan
tashqari 1957 yilgi klassifikatsiyada muallif il zarrachalarini o‘rganish
sohasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, ilmiy maqsad uchun il
zarrachasini bir qancha tabaqalab, dag‘al, mayin, il va kolloidlarga ajratdi.
SHunday qilib, Kachinskiy taklif etgan ushbu klassifikatsiya deyarli butun