Page 26 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 26

tuproqshunoslik  laboratoriyalarida  va  ilmiy  tekshirish  ishlarida  keng
            qo‘llanilmoqda.

                   Hozirgi          tuproqshunoslikda             V.V.Oxotin            klassifikatsiyasi
            qo‘llanilmaydi.  Unda  12  zarracha  ajratilib,  ular  5  ta  mexanik  element
            guruhiga birlashtirilgan.

                   Ajratilgan  12  zarrachadan  8  tasi  tuproqning  yirik  qismi-shag‘al  va
            qumlarga  to‘g‘ri  keladi,  V.V.Oxotin  klassifikatsiyasi  o‘z  mohiyati
            jihatidan  qurilish  maqsadlarida  gruntlarni  keng  harakterlaydigan

            klassifikatsiya hisoblanadi va bu tuproqshunoslar talabiga javob bermaydi.
            Binobarin,  V.V.Oxotin  klassifikatsiyasida  chang  zarrachasi  guruhi  juda
            ham noaniq berilgan (0,05-0,01), il zarracha loyqa zarrachadan yirik deb
            qabul  qilingan.  Hozirgi  vaqtda  tuproq  fizikasida  ko‘pchilik  mineralogik

            ma’lumotlar asosida il zarracha eng mayda zarracha ekanligi isbotlangan.
            Loyqa tarkibida il zarrachadan tashqari ko‘p miqdorda chang, hattoki qum
            zarrachalari  ham  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  noto‘g‘ri  nomlashni

            V.V.Oxotin o‘zining klassifikatsiyasida V.Osborndan olgan.

            §1.3. Tuproq namunalarini mexanik va mikroagregat tahlilga tayyorlash


                    Tuproqshunoslik  faniga  oid  adabiyotlarda  o‘tgan  asrning  30  -
            yillarigacha  tuproq  mikroagregati  degan  tushuncha  uchramaydi.  Tuproq
            mikroagregatlarini ajratib tahlil qilish faqatgina K.K.Gedroysning (1922)

            “Ultramexanicheskiy sostav pochvы” nomli asaridan so‘ng ro‘yobga chiqa
            boshladi  va  tuproqshunoslarning  II  Xalqaro  kongressida  (1930)
            qonunlashtirildi. Bu kongressda ishlab chiqarish tajribasida sinash uchun 2

            ta  Xalqaro  uslub  taklif  etildi:  a)  Xalqaro  uslub  “A”  –  bunda  tuproq
            namunalari  tahlildan  oldin  kuchli  kimyoviy  moddalar  yordamida
            dispergatsiyalanadi (mexanik tahlil); b) Xalqaro uslub “V” – bunda tuproq

            namunalari  tahlildan  oldin  kuchsiz  kimyoviy  eritmalar  yordamida
            ishlanadi (mikroagregat tahlil).
                   Hozirgi  vaqtda  tuproqlarning  mikroagregat  tarkibini  aniqlash
            laboratoriyalarda asosiy tahlil turi hisoblanadi, chunki u ko‘pchilik olingan

            ma’lumotlar  mikroagregatlarning  tuproq  fizik  rejimini  yaxshilashdagi
            muhim rolini isbotlab berdi. SHuning uchun ham bu maqsad uchun olimlar
            ko‘plab uslublarni taklif etishgan (9-jadval).

                  9-jadvalda solishtirish maqsadida tuproq namunalarini mikroagregat
            tahlilga tayyorlashga qaratilgan ba’zi bir uslublarni keltiramiz.
                     Mikroagregat  tarkibini  aniqlashga  bag‘ishlangan  uslublar  asosida
            suvga chidamli strukturali bo‘lakchalar miqdorini topish yotadi. Biroq, 8-

                                                             24
   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31