Page 29 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 29
b) mexanik tarkibni tinch turgan suvda aniqlash.
YUqorida bayon etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, tuproqning
mexanik tarkibini laboratoriya sharoitida aniqlash ancha vaqtni talab
qiladi. Quyida tuproqning mexanik tarkibini dala va laboratoriya sharoitida
aniqlashning ayrim usullariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Tuproqning mexanik tarkibini dala sharoitida aniqlash usullari
“Quruq” usul. Buning uchun ozgina tuproq olib, qo‘limizning
kaftida yaxshilab eziladi, so‘ngra engil puflab, kaftda qolgan chang
zarrachalari miqdori orqali tuproqning mexanik tarkibi, to‘g‘risida
mulohaza yuritiladi. Agarda tekshirilayotgan maydon tuprog‘ining
mexanik tarkibi qancha og‘ir bo‘lsa, kaftda qolgan zarrachalar shuncha
ko‘p bo‘ladi. Bu mexanik tarkibni dalada aniqlashning eng oson usuli
bo‘lib, faqatgina og‘ir yoki engil tuproq guruhlarini ajratish imkonini
beradi.
“Loy halqachalar” yasash orqali aniqlash usuli. Buning uchun 3-5
gramm tuproq kaftga olinadi va bir oz suv qo‘shish orqali xamirsimon loy
tayyorlanadi. Undan halqalar yasalib, uning tashqi holatiga qarab qum,
qumloq, qumoq, soz kabi mexanik zarrachalarning guruhlari ajratiladi.
Mexanik tarkibiga qarab tayyorlangan halqalar quyidagicha bo‘lishi
mumkin (3-rasm).
3-rasm. “Loy halqachalar” yasash orqali tuproq mexanik tarkibini
aniqlash:
1-qum; 2-qumloq; 3-engil qumoq; 4-o‘rtacha qumoq; 5-og‘ir qumoq; 6-soz.
27