Page 32 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 32

Biz quyida mexanik tarkibni oquvchan suvda aniqlashning dastlabki
            uslublariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

                   Nebel (Volf) uslubi (1864). Muallif taklif etgan asbobning umumiy
            ko‘rinishi 5-rasmda keltirilgan. Unda 4 ta noksimon shisha o‘zaro ulangan,
            ular qisqa tomoni bilan pastga qaratilgan. Idishchalarning hajmi 4 litr va

            ularning hajmlari 1: 2: 3: 4: = 1:8:27:64 nisbatda. Tahlil uchun 30 gramm
            tuproq olinadi va bir necha soat qaynatiladi.



























                                      5-rasm. Nebel asbobining umumiy ko‘rinishi

                   Keyin suspenziyani teshiklari 3 mm li elakchadan o‘tkaziladi. Loyqa
            suspenziya 2-idishchaga, elakchada qolgan zarrachalar birinchi idishchaga
            o‘tkaziladi. 3 va 4 idishchalar suv bilan to‘lg‘aziladi. So‘ngra A idishdan S

            kranlarni ochish orqali suv o‘tkaziladi. Butun tahlil davomida 9 litr suv 40
            minut davomida o‘tishi lozim. Olingan ma’lumotlar quyidagicha bo‘ladi:
            birinchi  idishchada – shag‘alli qum; ikkinchida – dag‘al qum; uchinchida

            – mayda qum; to‘rtinchida – loyli qum va nihoyat tashqariga (qabul qilib
            oluvchi  idishda)  –  loyqa  to‘planadi.  Hamma  idishchalardagi  mexanik
            zarrachalar to‘planadi. Ular maxsus termostatlarda quritilib o‘lchanadi va
            miqdori foiz hisobida aniqlanadi.

                   Bu  uslub  o‘zining  soddaligi  va  tahlilning  tez  bajarilishi  bilan
            ko‘pchilik  laboratoriyalarda  keng  qo‘llanilishiga  sabab  bo‘ldi.  Biroq,
            olingan ma’lumotlarning unchalik aniq bo‘lmasligi (ayniqsa og‘ir mexanik

            tarkibli       tuproqlar        uchun)        bu      uslubni        (ayniqsa,        asbobni)
            mukammallashtirishni  talab  qildi.  Bunday  ishni  E.Shene  (1967)  va
            Kopetskiy  (1901,  1914)  amalga  oshirdi.  Muallif  taklif  qilgan  mexanik
            zarrachalarning suvda cho‘kish tezligi hisobga to‘liq ma’lumot beradi.



                                                             30
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37