Page 35 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 35
Sxematik reaksiyadan ko‘rinib turibdiki, tuproqning singdirish
kompleksidagi kalsiy natriy bilan tamoman o‘rin almashadi. S.N.Rijov
bo‘yicha tuproqda singdirilgan kalsiyni natriy bilan o‘rin almashishini
ta’minlash uchun natriy oksalatdan ekvivalent miqdorda solish maqsadga
muvofiqdir, aks holda singdirish kompleksidagi komponentlar to‘liq o‘rin
almashishlari kuzatilmasligi mumkin.
Keyinchalik M.I.Bratcheva (1957) kuchli dispergator sifatida natriy
geksametafosfat tuzi eritmasini taklif qildi va hozirgi vaqtda bu eritma
laboratoriyalarda mexanik tarkibni o‘rganish uchun foydalanilmoqda.
Ishlash tartibi. Teshiklari 1 mm li elakchadan o‘tkazilgan tuproqdan
analitik tarozida 20 g olib 250 ml tubi yassi kolbachaga solinadi. Ayni bir
vaqtda mexanik tahlil uchun olinayotgan har bir tuproq namunasidan 3-5 g
atrofida alohida byukslarda uning gigroskopik namligini aniqlash uchun
tuproq olish kerak. So‘ngra 1 g tuproqqa 1 ml hisobida natriy
geksametafosfat eritmasi solinadi (ko‘pgina olib borilgan tekshirishlar
ko‘rsatishi bo‘yicha tuproqning singdirish kompleksidagi kalsiyning
o‘rnini batamom natriy egallashi uchun 1:1 nisbat etarli deb topilgan) va u
yaxshilab tuproq bilan qorishtiriladi. Natijada kolbachada xamirsimon
bo‘tqa hosil bo‘ladi. So‘ngra mana shu bo‘tqa ustiga 70-80 sm 3
distillangan suv quyib, u yaxshilab aralashtiriladi.
7-rasm. Pipetka uslubidagi asboblaning umumiy ko‘rinishi
33