Page 34 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 34

Mexanik  tarkibni  tahlil  natijasining  qoniqarli  bo‘lishi  ko‘p  vaqtda
            tuproq  tarkibi,  uning  xususiyati,  tahlilga  tayyorlash  uslubi  bilan  bog‘liq

            bo‘ladi.  SHuning  uchun  ham  O‘rta  Osiyoning  karbonatlashgan
            tuproqlarining  mexanik  tarkibini  aniqlashga  moslashtirilgan  S.N.Rijov
            uslubidan foydalaniladi.





























                      6-rasm. Silindrda mexanik tahlil uchun tayyorlangan suspenziyada
                                             zarrachalarning tarqalishi

                  Pipetkaning umumiy ko‘rinishi va kerakli asbob-uskunalar 7-rasmda
            aks ettirilgan. Bu uslub yordamida mexanik tahlil qilish 2 qismdan iborat:

            tuproqni  tahlilga  tayyorlash  va  har  xil  kattalikdagi  mexanik
            zarrachalarning miqdorini aniqlashdir.
                  Tuproq  namunasini  tahlilga  tayyorlashning  asosiy  maqsadi-

            agregatlarni  buzish  va  tuproqning  bir-biriga  yopishib  yotgan  mexanik
            elementlarini  to‘la-to‘kis  qismlarga  ajratishdan  iborat.  Bu  jarayonni
            tezlatish  uchun  har  xil  kimyoviy  eritmalar  qo‘llaniladi.  Akademik
            S.N.Rijov (1935) birinchi bo‘lib O‘rta Osiyo tuproqlari uchun peptizator

            sifatida  natriy  tuzlaridan  natriy  oksalatni  (Na2S2O4)  taklif  etgan  edi.
            Bundan  ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsad,  tuproqning  singdirish
            kompleksidagi  kalsiyni  siqib  chiqarish  va  uning  o‘rnini  natriy  egallashi

            edi.
                  Natriy  bilan  to‘yingan  tuproqlar  esa  suvda  juda  yaxshi
            bo‘tanalashgan suspenziya hosil qiladi.

                   Natriy  oksalat  bilan  karbonatli  tuproq  o‘rtasida  ketadigan  reaksiya
            quyidagicha boradi:


                                                             32
   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39