Page 36 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 36
ТупрокCa Na C O Тупрок Na Ca C O 4
4
2
2
Na 2 2
CaCO Na 2 C 2 O Ca 2 C 2 O Na 2 CO
4
4
3
3
Тупрок Ca Na 2 CO Тупрок Na CaCO 3
3
Na
Shu tarzda tayyorlangan bo‘tqa elektr plitka yoki qum hammomi
ustiga qaynatish (bunda kolba og‘zida shisha voronka bo‘lishi lozim)
uchun qo‘yiladi. Bo‘tqa bir soat davomida qaynatiladi. SHundan so‘ng
bo‘tqa xona haroratigacha sovitiladi. So‘ngra 1 litrli maxsus silindrga bir-
biriga kiydirilgan 1-0,25 va 0,25-0,1 mm li elakchalar orqali suzib
o‘tkaziladi. Elakchalarda yig‘ilib qolgan zarrachalar yaxshilab yuviladi,
og‘irligi aniq bo‘lgan chinni piyolacha yoki alyumin byukslarga solinadi
va suv hammomiga parlatish uchun qo‘yiladi. Piyolachalardagi suv to‘liq
0
bug‘latilgach, ular termostatda 105-110 S haroratda 4-6 soat davomida
quritiladi. So‘ngra eksikatorda sovitilgach, analitik tarozida tortilib, har
qaysi piyolachadagi zarrachalarning og‘irligi va foiz miqdori aniqlanadi
(quyida keltirilgan hisoblash tartibiga qarang).
Agarda tahlil uchun olinayotgan tuproq u yoki bu darajada
sho‘rlangan bo‘lsa, bunday tuproqlarni mexanik tahlil qilishdan oldin Sl va
SO4 ionlari tamom bo‘lguncha distillangan suv bilan yuvish kerak.
Silindrdagi bo‘tana suyuqlikning hajmi 1 litrga etkaziladi. So‘ngra
suyuqlikdan uy haroratini, tuproqning solishtirma og‘irligini bilganimiz
holda ayrim zarrachalarning silindrdan olish vaqtini va olish chuqurligini
belgilab olamiz. Suyuqlik maxsus o‘rnatilgan pipetkalar yordamida
olinadi. Pipetkani silindrga botirish chuqurligi va namuna olish muddati 9-
jadvalda ko‘rsatilgan.
Olingan namuna chinni piyolachaga solinadi va pipetkaga yopishib
qolgan zarrachalar ham suv bilan yuvib tushiriladi. Piyolachadagi loyli
0
suyuqlik to‘liq bug‘latilgach, termostatda 105 S haroratda quritiladi (4-6
soat), so‘ngra eksikatorda sovitilib analitik tarozida tortiladi va pipetka
bilan olingan tuproq zarrasining og‘irligi topiladi. Boshqa mexanik
zarrachalardan ham namuna olish 10-jadvalda ko‘rsatilganidek bajariladi.
Silindrdagi suyuqlik har bir namuna olishdan oldin aralashtirgich
(meshalka) yordamida chayqatiladi.
Har bir guruh zarrachalarining olish vaqti va chuqurligini Stoksning
quyidagi formulasi orqali topamiz:
34