Page 37 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 37
bu erda,
V - zarrachaning cho‘kish tezligi, sm/sek hisobida;
2
g - jismning erkin tushish tezligi (980 sm/s ga teng);
3
d1 - cho‘kadigan zarrachalarning solishtirma og‘irligi, g/sm ;
3
d - eritmaning solishtirma og‘irligi, g/sm ;
- eritmaning yopishqoqligi (yopishqoqlik harorat o‘zgarishi bilan
keskin o‘zgaradi).
ch - cho‘kadigan zarrachaning radiusi.
Pipetka yordamida quyidagi guruh mexanik zarrachalar ajratiladi.
I namuna (sekundlik) 4 xil zarrachalar yig‘indisi + dispergator-0,05-
0,001 mm (0,05-0,01, 0,01-0,005, 0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik
zarrachalar). II namunada (minutlik) 3 xil zarrachalar yig‘indisi +
dispergator - 0,01-0,001 mm (0,01-0,005, 0,005-0,001 va 0,001 mm dan
kichik zarrachalar). III namuna (soatlik) 2 xil zarrachalar yig‘indisi +
dispergator - 0,005-0,001 mm (0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik
zarrachalar), IV namunada (sutkalik) 1 xil zarracha + dispergator-0,001
mm - dan kichik.
Har qaysi guruh zarralar og‘irligini hisoblashda, keyingi olingan
namuna og‘irligini oldingi namuna og‘irligidan olib tashlash bilan
zarralarning haqiqiy og‘irligi topiladi. Masalan, 0,01-0,005 mm li ikkinchi
guruh zarrachalar og‘irligini (0,4252 g) birinchi guruh zarrachalar (0,05-
0,01 mm) og‘irligidan (0,6324 g) olib tashlash bilan birinchi guruh
zarrachalariniig haqiqiy og‘irligi aniqlanadi. Oxirgi guruh (IV namuna)
zarrachalaridan esa dispergator og‘irligi olib tashlanishi kerak.
Dispergator og‘irligi quyidagicha topiladi. Tahlil uchun olingan
tuproqqa solingan miqdordagi dispergator (masalan, 20 ml) 1 litrli
silindrga solinadi va bir litrgacha distillangan suv bilan suyultiriladi.
Suyuqlik uy temperaturasiga kelgach, undan pipetka orqali namuna olib,
pipetkani suspenziyaga botirish chuqurligi va har xil harorat sharoitida
o‘rtacha namuna olish 10-jadval bщyicha bajariladi. Olingan namuna
chinni piyolachaga solinadi va suvli hammomda bug‘latiladi. Suyuqlik
batamom bug‘langach, termostatda quritilib, eksikatorda sovitiladi va
analitik tarozida tortiladi.
35