Page 33 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 33
Tuproq mexanik tarkibini tinch turgan suvda aniqlash. Bu uslub
ham 2 ta guruhchaga bo‘linadi: birinchi guruhga tayyorlangan
suspenziyadan ma’lum katta-kichiklikdagi zarrachalarni butunligicha
(hammasini) ajratib olinadi, ikkinchi guruhga tayyorlangan suspenziyadan
o‘rtacha namuna olish yo‘li bilan har xil kattalikdagi mexanik zarrachalar
miqdorini topishdir.
Tayyorlangan suspenziyaning ma’lum qismini boshqa idishga
o‘tkazib o‘rtacha namuna olinadi. Suspenziyaning zichligini aniqlash
bo‘yicha ko‘pchilik mualliflar xilma-xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsada,
tinch turgan suvda tahlil o‘tkazadigan vaqtda quyidagilarga e’tibor berish
lozim (6-rasm):
har xil kattalikdagi mexanik elementlarning suvdagi erkin
harakatdagi yo‘li – n sm da;
shu mexanik elementlarning suvda cho‘kish tezligi – v1 mm/sek
da;
suspenziyani boshqa idishga o‘tkazish yoki undan o‘rtacha namuna
olish vaqti – t min.da. Bu ko‘rsatkichlar o‘zaro quyidagi bog‘liqlikda
bo‘ladi:
h h
t ; h ' t v ; v
v t
Tinch turgan suvda tahlil o‘tkazish uchun olingan tuproq maxsus
yo‘llar (qaynatish orqali, ma’lum dispergatorlar yordamida va h.q) bilan
tahlilga tayyorlanadi va aniq hajmli idishlarga o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda tuproq mexanik tarkibini tinch turgan suvda aniqlashga
bag‘ishlangan ko‘p sonli qadimiy (Sabanin, Filatov, Orlov va boshqalar)
va zamonaviy uslublar mavjud. Quyida biz O‘rta Osiyo tuproq-meliorativ
tekshirishlarida eng ko‘p tarqalgan pipetka yordamida o‘rtacha namuna
olish metodikasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Mexanik tarkibni pipetka yordamida aniqlash. Mexanik tahlil
qilishning hozirgi davrda juda ko‘p uslublari mavjud. Ulardan eng ko‘p
tarqalgan va ixchamlashtirilgani pipetka uslubi hisoblanadi. Buning uchun
tuproqning har xil katta-kichiklikdagi zarrachalaridan suspenziya
tayyorlanadi. Suspenziyadan pipetka yordamida o‘rtacha namunalar olib
ularning tarkibi aniqlanadi va foiz miqdorida hisoblanadi.
31