Page 31 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 31
Oxirgi voronkadan vakuumga o‘tishdagi trubkaning kengaytirilgan qismi
mayda zarrachalarni ushlab qolish maqsadida zich polotno bilan o‘ralgan
bo‘ladi. Birinchi voronkaning pastki qismi ma’lum havo oqimini
beradigan kompressorga ulangan.
4-rasm. Kashmen asbobining umumiy ko‘rinishi
Tahlil uchun 1 kg absolyut quruq tuproq olinadi va oldin 1-2 mm li
elakchadan o‘tkazilib birinchi voronka tagiga joylashtiriladi. So‘ngra havo
beradigan kompressor va vakuum apparat ishlatiladi. Kompressor orqali
keladigan havo oqimi bir xil tezlikda hamda tuproq massasini bir xil
kuchda changlatadigan bo‘lishi kerak. Tahlil bir voronkadan ikkinchi
voronkaga chang zarrachalari o‘tishi tamom bo‘lgandan so‘ng to‘xtatiladi
va har qaysi voronkada ushlanib qolingan zarracha og‘irligining foiz
miqdori aniqlanadi. Birinchi voronkada eng katta zarrachalar (yirik qum),
eng oxirgisida esa chang (<0,01 mm) to‘planadi. Albatta, bu uslub
yordamida tuproqlarning yirik zarrachalari to‘g‘risida nisbiy ma’lumotga
ega bo‘lamiz. Bu asbob yordamida og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarning
tarkibiy qismini o‘rganib bo‘lmaydi, faqat qumli tuproqlarda bu asbob
birmuncha to‘liq ma’lumot beradi.
Tuproqning mexanik tarkibini suvli muhitda aniqlash eng keng
tarqalgan uslublardandir. Bu uslub har xil katta-kichiklikdagi mexanik
zarrachalarning suvda harakatlanish va cho‘kish tezligiga asoslanadi. Bu
uslub ikki xil variantda – oquvchan va tinch turgan suvda bajariladi.
29