Page 28 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 28
davomida minutiga 200
chastotali tebratgichda
chayqatish.
§1.4. Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash usullari. Tuproqning
mexanik tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyalash
Tuproq zarrachalarining foiz hisobidagi nisbiy miqdori ularning
mexanik tarkibi deyiladi.
Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uni agronomik jihatdan
baholashda muhim rol o‘ynaydi. Tuproqning issiqlik, suv o‘tkazuvchanlik,
zichlik, kapillyarlik xususiyatlari uning mexanik tarkibi bilan chambarchas
bog‘liq. Bulardan tashqari tuproq tarkibidagi u yoki bu kattalikdagi
zarrachalarni aniqlash ularni ma’lum klassifikatsiyada birlashtirishga
imkon beradi hamda ishlov berish, sug‘orish, o‘g‘itlash kabi agrotexnik
tadbirlarni tabaqalashtirishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Tuproq tarkibidagi mineral zarralarni mayda-yirikligiga qarab farq
qilish juda qadimdan kishilarni qiziqtirib kelgan. Mexanik tarkibni
aniqlash uslublari 3 ta katta guruhga ajratilgan:
1. Tuproq namunasini kimyoviy moddalar ishtirokisiz tahlilga
tayyorlash;
2. Tuproq namunasini kimyoviy moddalar ishtirokida tahlilga
tayyorlash;
3. Tuproq tarkibidagi elementlarni saqlagan holda tuproq namunasini
dispergatsiya (tuproqni tashkil etuvchi mexanik elementlarni bir-biridan
ajratish) qilish.
Mexanik tarkibni quyidagi usullardan foydalanib dala sharoitida yoki
laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin:
1. Tuproq namunalarini qo‘lning kaftida ezish (quruq usuli); tuproq
namunalaridan loy tayyorlab maxsus shakllar yasash (ho‘l usuli);
2. Teshiklarining kattaligi turlicha bo‘lgan elakchalardan tuproq
namunasini o‘tkazish. Bunda tuproqning 0,1 mm gacha bo‘lgan
zarrachalari ajratiladi;
3. Tuproqning mexanik tarkibini har xil tezlikdagi havo oqimida
o‘rganish;
4. Mexanik tarkibni suvli muhitda aniqlash. Bu uslub 2 ta variantdan
iborat:
a) mexanik tarkibni oquvchan suvda aniqlash;
26