Page 30 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 30
Tuproqning mexanik tarkibini laboratoriya sharoitida aniqlash
usullari
Elakchalar yordamida aniqlash usuli uning tosh hamda qumlarini
ma’lum (yirik, o‘rta, mayda) guruhlarga ajratish maqsadida ishlatiladi.
Odatda, tuproqning toshli qismini aniqlash uchun diametri 3 mm dan katta
teshikchali elakchalar qo‘llaniladi. Tuproqning toshlilik darajasini aniqlash
ko‘pchilik holda dala sharoitida olib boriladi. Buning uchun 1 kg tuproq
olib elakchalar yordamida toshlarda yopishib qolgan mayda zarrachalardan
tozalanadi, so‘ng 0,1 g aniqlikkacha texnik tarozida o‘lchanadi va uning
foiz miqdori hisoblab topiladi.
Hisob-kitob absolyut quruq tuproq vazniga nisbatan foiz miqdorida
aniqlanadi. Buning uchun toshli qismdan undagi gigroskopik namlikni
aniqlash maqsadida 15-20 g namuna olib termostatda quritiladi va quruq
holdagi vazni o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar asosida tuproqning toshli
qism miqdori ko‘rsatkichiga (foiz hisobida) o‘zgartirish kiritiladi.
Tahlilni davom ettirish maqsadida diametri 3 mm li elakdan
o‘tkazilgan tuproq namunasidan 100-150 g olib, chinni hovonchada
rezinali (kauchukli) ezgich orqali maydalab bir-biriga kiygizilgan
teshiklarining kattaligi 3-1 mm bo‘lgan elakchada – shag‘al, 1-0,5 mmda -
yirik qum, 0,5-0,25 mmda – o‘rta qum, 0,25 mmdan kichik elakchada esa
mayda qum miqdorini aniqlaymiz. Olingan ma’lumotlardan absolyut
quruq tuproq vazniga nisbatan foiz miqdorini hisoblanadi.
Olingan ma’lumotlar aniq bo‘lishi uchun qum zarrachalaridan chang
va il ajratilishi lozim. Buning uchun qum zarrachalari toza suvda
qaynatiladi yoki maxsus eritmalar yordamida toki eritma tiniq holga
kelgungacha ishlanadi. SHu usul bilan qum zarrachalarining, hattoki toshli
qismning miqdori ham topiladi.
Tuproq mexanik tarkibini havo oqimida aniqlash maqsadida bir
qancha urinishlar bo‘lgan. 1907 yilda A.S.Kashmen shunday asbob taklif
qilgan. Bu asbobning umumiy ko‘rinishi va tuzilishi 4-rasmda aks
ettirilgan.
A.S.Kashmen asbobi 5 ta: 13,5 l, 2,9 l, 3,4 va 5,4 va 5 l li
konussimon voronkalardan iborat. Bu voronkalar shtativda mahkamlangan
va o‘zaro bir-birlari bilan trubkalar orqali ulangan.
Birinchi voronkadan ikkinchi voronkaga va shunday usul bilan oxirgi
voronkagacha o‘tgan trubkachalarning boshlanish tomoni keng yuzaga
ega. Bundan maqsad – har qaysi voronkada paydo bo‘lgan chang va il
zarrachalarini yaxshi ushlash va yutish qobiliyatini oshirish hisoblanadi.
28