Page 42 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 42

8-rasm. Tuproq mexanik tarkibining profil bo‘ylab ifodalanishi:
                          a) sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq; b) sug‘oriladigan o‘tloqi;
                   Ma’lumotlarni profil tariqasida, ya’ni gorizontal chiziqda, zarrachalar
            miqdori  massaga  nisbatan  foiz  hisobida  beriladi,  vertikal  chiziqda  esa
            tuproq namunasi olingan chuqurlik yoki genetik qatlamlar aks ettiriladi.

                   Mexanik  tahlil  ma’lumotlarining  bunday  ifodalanishi  ayrim
            zarrachalarning  genetik  qatlamlarda  tarqalish  qonuniyatlarini  aniq
            ajratishni osonlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarishga asos bo‘ladi.
            Tuproqning mexanik tarkibini o‘rganishdan asosiy maqsad, faqatgina har

            xil  katta-kichiklikdagi  mexanik  elementlarning  miqdorini  aniqlash  emas,
            balki  uning  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  klassifikatsiyasini  ishlab  chiqishdan
            iborat.

                   Hozirgi  vaqtda  tuproq  fizikasi  fanida  bir  qancha  mualliflar
            (Atterberg, Zemyatchenskiy, Oxotin, Sibirsev, Zaxarov va boshqalar) ning
            klassifikatsiyasi  mavjud.  Bu  mualliflar  o‘z  klassifikatsiyalarida,  albatta,

            mexanik  elementlarning  xossa  va  xususiyatlarini  inobatga  olib,  ishlab
            chiqarish  va  ilmiy  maqsadlarda  tuproqlarni  mexanik  tarkibiga  ko‘ra
            ma’lum guruhlarga ajratganlar.

                  Quyida dastlabki klassifikatsiyalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
                  N.M.Sibirsev  klassifikatsiyasi.  Rossiyada  agronomik  maqsadlar
            uchun  N.M.Sibirsev  taklif  qilgan  tuproqning  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  2
            bo‘lakli klassifikatsiyasi keng tarqalgan.

                  Muallif  o‘z  klassifikatsiyasida  E.SHene  uslubi  yordamida  olingan
            ma’lumotlarni  asos  qilib  oladi.  Bunda  Sibirsev  tuproqda  2  ta  guruhni  –
            0,01  mm  dan  katta  zarrachalarni  “fizik  qum”,  0,01  mm  dan  kichik




                                                             39
   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47