Page 44 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 44
olingan ma’lumotlar asosida ajratadi va Sibirsev taklif etgan “fizik loy”:
“fizik qum” nisbatini asos qilib oladi.
N.A.Kachinskiyning o‘z klassifikatsiyasi asosida mexanik tarkibni
tinch turgan suvda (mexanik zarrachalarning cho‘kish tezligini aniqlashda
Stoks formulasi qo‘llanilgan) pipetka yordamida o‘rtacha namuna olish
yo‘li bilan aniqlagan ma’lumotlarni qo‘yadi. Shuning uchun ham muallif
Sibirsevning “fizik loy”, “fizik qum” terminlarini rasmiy ravishda shartli
qabul qiladi.
N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasi yuqorida qayd qilingan
mualliflarning klassifikatsiyalaridan tubdan farq qiladi. N.A.Kachinskiy
mexanik elementlarning xossalari yoki ularning nisbatlarini hisobga
olibgina qolmasdan, balki har bir tipdagi tuproqlarning paydo bo‘lish
sharoitlarini inobatga oladi.
N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasida uch xil tuproq-iqlim sharoitida
hosil bo‘lgan tuproqlarni birlashtiradi:
1) podzollashgan tuproqlar;
2) dasht tuproqlar;
3) sho‘rxok va sho‘rtob tuproqlar.
Bu klassifikatsiyada tuproqlarning paydo bo‘lish sharoitlari hisobga
olinganligi sababli har qaysi tuproq tipining unumdorligini oshirishda
tabaqalashgan agronomik tadbir ishlab chiqarishni osonlashtiradi.
Skeletli tuproqlarda N.A.Kachinskiyning klassifikatsiyasini
qo‘llashda tuproqning toshlilik darajasini ko‘rsatish lozim. Buning uchun
muallif quyidagi shkalani taklif etadi:
Tuproqdagi toshlarning miqdori bo‘yicha N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasi
Toshchalar (> 3 mm) miqdori, Toshlilik darajasi Toshlilik tipi
% hisobida
<0,5 Toshsiz Bu tuproq tarkibida
0,5-5,0 Kam toshchalarning holatiga qarab
5-10,0 O‘rtacha aniqlanadi, ya’ni tuproqda
10 Sertosh chig‘ir, harsang toshlar va
boshqalar mumkin
Chet mamlakatlarda ham tuproqlar ularning mexanik tarkibiga ko‘ra
klassifikatsiyasi mavjud, bu klassifikatsiyalar MDHdagi kabi
tabaqalashmagan.
Mexanik tarkib tuproq uchun (uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq
ravishda) uzoq muddatda o‘zgarmas ko‘rsatkich hisoblanadi.
41