Page 46 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 46
9-rasm. Xorazm vohasi tuproqlarining mexanik tarkib bo‘yicha
xarita sxemasi:
1-qumloq va engil qumoq; 2-o‘rtacha qumoq; 3-og‘ir qumoq, ba’zan
soz; 4-pastga tomon og‘irlashuvchi qatlamli tuproq; 5-pastga tomon
engillashuvchi qatlamli tuproq; 6-skeletli; 7-Daudan daryosi va daryolik
eski qumlari;8-qoraqum qumli tuproq; 9-suv sathi.
Mexanik tarkib tuproqlarga baho berishda (bonitirovka) asosiy
ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda tuproqlarning qaysi iqlim-tuproq sharoitida
rivojlanishiga qarab ma’lum bir mexanik tarkib (qumloq, qumoq va h.k.)
asos qilib olinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, tuproqning kimyoviy tarkibi, ayniqsa,
uning singdirish sig‘imi, chirindining miqdori va boshqalar, albatta,
mexanik tarkibga juda bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Xullas, mexanik tarkib tuproqdagi butun jarayonlarni boshqarishda
ishtirok etadi, o‘z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo‘lgan
butun tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
§1.5. Tuproqning disperslik va strukturalilik koeffitsienti (soni)
Tuproqning mexanik va agregat tarkibini o‘rganish asosida uning
disperslik va strukturalilik koeffitsientini (sonlarini) hisoblab chiqish
mumkin. Bu esa tuproqning struktura hosil qilish qobiliyati haqida
tasavvurga ega bo‘lish imkonin beradi.
43