Page 51 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 51
G‘ovak tuproq – bunday tuproqlarning zarralari yoki strukturali
elementlari o‘zaro yaxshi birikmagan bo‘ladi va ularni belkurak osonlik
bilan kesadi, bu tuproqlar belkurak bilan ag‘darilganda zarralarga yoki
strukturali bo‘laklarga ajralib ketadi;
Sochiluvchan tuproq – tarkibida sochiluvchan qum bo‘ladi. Nam
holida zichligi kamayadi va haddan tashqari ho‘l bo‘lsa, u oquvchan
bo‘ladi.
Tuproqning hajm og‘irlik ko‘rsatkichi tuproq g‘ovakligini hamda
uning tarkibida qancha miqdorda tuz, chirindi, oziq moddalar va suv
borligini hisoblab chiqishda keng qo‘llaniladi.
Tuproq qattiq fazasining solishtirma og‘irligi. Tuproq qattiq
fazasining solishtirma og‘irligi deb, gramm hajmdagi sof massaning xuddi
0
shu hajmdagi 4 S da olingan suvning sof og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga
3
aytiladi. Uning o‘lchov birligi g/sm . Tuproqning qattiq fazasi birlamchi
va ikkilamchi minerallar hamda organik, organo-mineral moddalardan
tashkil topganligi uchun uning solishtirma og‘irligi undagi minerallar turi
va miqdoriga bog‘liq.
Tuproq tarkibida har xil minerallarning turli darajada nuragan
bo‘lakchalari bo‘ladi. Ularning solishtirma og‘irligi ham har xil. Buni
quyidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin (12-jadval).
12-jadval
Minerallarning solishtirma og‘irligi
Minerallar Solishtirma og‘irligi,
3
g/sm hisobida
Kvars 2,65 – 2,66
Ortoklaz 2,54 – 2,58
Muskovit 2,76 – 3,00
Rogovaya obmanka 3,00 – 3,40
Kaolinit 2,60 – 2,65
Montmorillonit 2,00 – 2,20
Gips 2,31 – 2,32
Kalsit 2,71 – 2,72
Dolomit 2,80 – 2,99
CHirindi 1,40 – 1,80
Limonit 3,80 – 4,00
Tuproq tarkibida birorta mineralning ko‘p yoki oz bo‘lishiga qarab,
uning solishtirma og‘irligi o‘zgarib boradi. Masalan, chirindiga boy
tuproqlarning solishtirma og‘irligi kichik bo‘lsa (1,80-2,20 g/sm ),
3
48