Page 52 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 52

chirindisi  kam  tuproqlarda  esa  solishtirma  og‘irlik  birmuncha  yuqori
                                 3
            (2,60-2,30 g/sm ) bo‘ladi.
                   Tuproqning  solishtirma  og‘irligi  kam  o‘zgaruvchan  ko‘rsatkich.
            Uning o‘zgarishi tuproqda nurash jarayoni bilan bog‘liq. Keyingi yillarda
            olib  borilgan  tekshirishlar  shuni  ko‘rsatadiki,  surunkali  sug‘oriladigan

            erlarda birlamchi minerallarning parchalanishi natijasida ikkilamchi og‘ir
            (soz) minerallar paydo bo‘lib, tuproqning massasi ortib kelmoqda.
                   L.Tursunov  ma’lumotiga  ko‘ra,  Amudaryoning  quyi  oqimi

            tuproqlarida bir oz miqdorda magnetit, limonit, gematit va boshqa shunga
            o‘xshash  og‘ir  minerallarning  shakllanishi  qadimdan  sug‘oriladigan
            o‘tloqi-allyuvial  tuproqlarning  solishtirma  og‘irligining  ortishiga  olib
            kelmoqda.

                   Tuproqning  solishtirma  og‘irligi  faqatgina  laboratoriya  sharoitida
            maxsus shisha asbob (piknometr) lar yordamida o‘rganiladi.
                   Solishtirma og‘irlik ko‘rsatkichi tuproqlarning mineralogik tarkibini

            aniqlashda hamda tuproq g‘ovakligini hisoblashda qo‘llaniladi.

                                          §2.2. Tuproqning g‘ovakligi
                   Tabiiy  joylashuvi  buzilmagan  tuproq  bo‘shliqlarining  umumiy

            hajmiy  yig‘indisiga  tuproq  g‘ovakligi  deyiladi.  Tuproqning  g‘ovakligi
            uning  solishtirma  og‘irligi  (SO)  bilan  hajm  og‘irligiga  (HO)  bog‘liq.
            Ularning o‘zgarishi g‘ovaklikda o‘z ifodasini topadi.

                   Tuproqning  g‘ovakligi  uning  muhim  xususiyatlaridan  biridir.
            G‘ovakliklarning  mavjudligi  aeratsiya  (havo  almashinish)  va  suv
            harakatiga ijobiy ta’sir etadi.

                   Tuproqning g‘ovakligi uning strukturali holatiga, mexanik elementlar
            hamda ularning tuproq qatlamlarida joylashish tartibiga (kvadrat, rombik,
            oktaedr, kub, geksagonal va h.k.) qarab o‘zgarib boradi (10-rasm).














                            10-rasm. Tuproq bo‘lakchalarining joylashish tartibi:
                                  a) kubsimon; b) geksagonal shaklda joylashishi

                   Strukturali  bo‘lakchalarni  kubsimon  holatda  joylashtirilganda  ular
            g‘ovak  joylashgan  bo‘lib,  nazariy  hisob  -  kitoblarga  qaraganda

                                                             49
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57