Page 56 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 56
Parda suv deb, tuproq zarrachalari atrofida molekulyar kuchlar
ta’sirida ushlanib turilgan suv molekulalariga aytiladi va uning miqdori
tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. A.K.Lebedev parda
suvni maksimal molekulyar suv deb yuritishni taklif qilgan.
7. Kapillyar suv bilan band bo‘lgan g‘ovakliklarni (Rkap) hisoblash
formulasi quyidagicha:
Rkap=dps-1,5mg d %
bu erda,
dps – tuproq to‘la namlanganda kapillyarlarda ushlanib qolingan
eng ko‘p miqdordagi suv (dala nam sig‘imi) tuproq massasiga nisbatan
foiz hisobida;
1,5mg – o‘simlikning so‘lish namligi, ya’ni o‘simlik tuproqda
mavjud bo‘lgan suvlarni, ular tuproq zarrachalarida katta kuch bilan
ushlanib turilganligi sababli iste’mol qila olmaydi, bu ko‘rsatkich, odatda,
maksimal gigroskopik namlikdan 1,5 marta katta bo‘ladi, tuproq massasiga
nisbatan foiz hisobida;
3
d - tuproqning hajm og‘irligi, g/sm .
8. Umumiy suv bilan band bo‘lgan g‘ovaklik (R) quyidagicha
topiladi:
R=Rkap – Rmg - Rbbs
9. Nihoyat havo bilan band bo‘lgan g‘ovaklik (Raer) quyidagicha
hisoblanadi:
Raer = Rum – R,%
G‘ovakliklarni N.A.Kachinskiy taklif etgan tartibda o‘rganish,
albatta, tuproqdagi g‘ovakliklarga yanada to‘liq baho berishga olib keladi.
Darhaqiqat, taqir tuproqlarda, bunday qaraganda g‘ovaklik juda yaxshi
ifodalangan, ya’ni umumiy g‘ovaklik yuqorigi qatlamlarda 45-50 % ni
tashkil etadi. Lekin, uni Kachinskiy taklif etgan tartibda o‘rgansak,
boshqacha bir xulosaga kelishimiz mumkin, g‘ovaklikning katta qismi,
albatta, zich yoki bo‘sh bog‘langan suvlar bilan band bo‘lib, tuproqda
ketadigan faol jarayonlarda ishtirok etmaydi.
Quyida O‘rta Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston tuproqlari g‘ovakligining
asosiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Yuqorida eslatganimizdek, ideal tuproqda zarrachalar maksimal
darajada agregatlashgan holda joylashganda g‘ovaklik 40 % atrofida
53