Page 54 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 54
g‘ovakligini o‘rganish maqsadida takomillashgan maxsus mikroskoplar
ishlatilmoqda va g‘ovaklikni tabaqalashga kirishildi.
Tuproq g‘ovakligining tabaqalanishi. Yuqorida bayon etilgan
ma’lumotlar tuproqda har xil katta-kichiklik va shakldagi g‘ovakliklarning
borligini ko‘rsatadi. Bu g‘ovakliklar tuproqdagi barcha jarayonlarda
ishtirok etib, tuproq unumdorligini belgilovchi asosiy omillardan
hisoblanadi.
G‘ovakliklar shakli va katta - kichikligiga qarab tuproqdagi barcha
jarayonlarda bir xilda ishtirok etmaydi. Diametri 5-7 millimikrondan
kichik bo‘shliqlar birikkan suv bilan to‘la bo‘ladi. N.A.Kachinskiy
ma’lumotlariga ko‘ra, ildiz tukchalari diametri kamida 10
millimikrongacha bo‘lgan bo‘shliqlarga, bakteriyalar esa diametri 3
millimikrongacha bo‘lgan bo‘shliqlarga kira oladi.
1864 yilda nemis olimi V.Shumaxer o‘zining “Fizika pochvы”
kitobida tuproqdagi g‘ovakliklarni chuqur tahlil qilib, ularni quyidagi
guruhlarga ajratadi: umumiy, kapillyar va nokapillyar g‘ovakliklar.
V.Shumaxer tuproqdagi hamma kovaklarning uning hajmiga
nisbatan olingan jami yig‘indisiga (foiz hisobida) umumiy g‘ovaklik deb,
tuproqning kapillyar suv bilan band bo‘lgan g‘ovakliklar yig‘indisiga
kapillyar g‘ovaklik deb tushungan. Nokapillyar g‘ovaklik esa umumiy
g‘ovaklik bilan kapillyar g‘ovaklik o‘rtasidagi farqni ifodalaydi va hamma
vaqt havo bilan band bo‘ladi. V.SHumaxerning bu konsepsiyasi progressiv
olimlar tomonidan ma’qullangan va bizga Vagner, Doyarenko ilmiy ishlari
orqali etib kelgan.
P.Fageler, F.Sekera va N.A.Kachinskiylar tuproqdagi g‘ovakliklarni
faol va faolmasga ajratadi. Bunda tuproq g‘ovakliklaridagi suvning turli xil
kategoriyalari asos qilib olingan.
Faol g‘ovakliklarga tuproqdagi yirik kovaklar (diametri mikrondan
katta) ni kiritiladi. Bu kovaklarda kapillyar, gravitatsion suvlar saqlanadi,
havo va tirik organizmlar bo‘ladi. Faolmas g‘ovakliklarda esa - tuproqdagi
adsorbsion (gigroskopik) suvlar bo‘ladi va bu g‘ovakliklar juda kichik
o‘lchovlar (millimikronda) bilan o‘lchanadi. 1947 yilda N.A.Kachinskiy
yangi ma’lumotlar olib olimlarning dunyoqarashini yanada rivojlantirib,
tuproqdagi g‘ovaklikni quyidagilarga ajratadi.
1.Umumiy g‘ovaklik quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Rum= d d 100
d
bu erda,
Rum – tuproqning umumiy g‘ovakligi, % hisobida;
51