Page 49 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 49

II - BOB. TUPROQNING UMUMIY FIZIK VA FIZIK-MEXANIK

                                                   XOSSALARI

                             §2.1. Tuproqning hajm va solishtirma og‘irligi


                   Tabiiy  sharoitda  tuproq  mexanik  zarrachalarining  birikmasi-
            agregatlardan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ham, biz ayrim sof mexanik
            zarrachalarning hamda agregatlardan tashkil topgan tuproqning massasini

            (og‘irligini) farqlashimiz kerak.
                   Tuproqning  hajm  og‘irligi.  Tuproqning  hajm  og‘irligi  deb,  tabiiy
            holatdagi  bir  kub  santimetr  quruq  tuproqning  (havosi  bilan)  gramm
            hisobidagi massasini shu hajmdagi 4 C da olingan suv og‘irligiga bo‘lgan
                                                            0
                                             3
            nisbatiga aytiladi va g/sm  bilan ifodalanadi.
                   Tuproqning  hajm  og‘irligi  juda  o‘zgaruvchan  bo‘lib,  asosan,
            agregatlarning  zichlashish  darajasiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ustki  haydalma

                                                                                    3
            qatlam,  odatda,  kichik  hajm  og‘irligiga  (1,1-1,3  g/sm )  ega,  chunki  bu
            qatlamda agregatlar g‘ovak joylashgan bo‘ladi. Quyi qatlamda agregatlar
            miqdori  kamayib  borganligi  hamda  agregat  va  zarrachalarning  zich
            joylashganligi  tufayli  bo‘shliqlar  miqdori  kamayib  boradi,  natijada  hajm

                                                 3
            og‘irlik ortadi (1,5-1,7 g/sm ). Strukturali tuproqlarning yuqori qatlamlari
            kichik  hajm  og‘irlikga  ega  bo‘lib,  u  butun  vegetatsiya  davomida
            o‘zgarmay turishi mumkin.

                   O‘zbekiston  tuproqlarida  agregatlarning  kamligi  hamda  ularning
            suvga  chidamsizligi  hajm  og‘irligini  vegetatsiya  davomida  juda  o‘zgarib
            turishiga  olib  keladi.  Sug‘orish  suvlari  agregatlarni  buzadi  va  ularni

            yanada  zichlashishiga  sabab  bo‘ladi.  Yangi  sug‘oriladigan  erlar  asta  –
            sekin zichlashib tuproq qovushmasining zichligi jihatidan o‘rtacha o‘rinda.
            Turli tipdagi o‘rtacha o‘rinda turadi. Turli tipdagi sug‘oriladigan tuproqlar

            qovushmasining  zichligi  jihatidan  bir  biriga  yaqin  turadi  shunday  bo‘lsa
            ham sahro zonasidagi va gidromorf tuproqlar, ayniqsa, kuchli zichlashgan
            bo‘ladi.  Umuman,  quyi  qatlamlardagi  tuproqning  hajm  og‘irligi  ustki
            qatlam  tuproqning  hajm  og‘irlikka  nisbatan  kattaroq  bo‘ladi.  Eng  katta

            hajm og‘irlik haydalma osti qatlamiga to‘g‘ri keladi.
                   S.N.Rijov  haydalma  qavat  tagidagi  zichlashgan  qatlam,  ya’ni  plug
            tovoni  sug‘orish  vaqtida  berilgan  suvning  va  qisman  tuproqqa  ishlov

            berish texnikasining tuproq strukturasini buzishi va tuproqni zichlashtirishi
            tufayli  vujudga  keladi,  degan  fikrni  bayon  qildi.  Shuning  uchun  ham
            qadimdan  sug‘oriladigan  tuproqlarning  haydalma  osti  qatlamlari
            birmuncha  katta  hajm  og‘irlikka  ega  (1,60-1,80  g/sm   ni  tashkil  etishi
                                                                                     3
                                                             46
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54