Page 48 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 48
Shuni ta’kidlash kerakki, strukturalilik sonini hisoblash uchun
P.Fageler formulasidan foydalanishdan tashqari bu sonni disperslik sonini
hisoblash asosida ham chiqarish mumkin.
Ayrim hollarda strukturalilik sonini hisoblash zarur bo‘lib qoladiyu,
biroq bizda mikroagregat tahlili ma’lumotlari yo‘qligi tufayli bunday
hollarda A.F.Vadyunina Ks ni hisoblash faqatgina mexanik tahlil
ma’lumotlari asosida olib borish mumkinligini isbotlab, o‘zining quyidagi
formulasini beradi:
c
Ks 100 %
d
bu erda,
Ks – strukturalilik soni, % hisobida;
S - <0,001 mm li mexanik elementlar (chirindili qatlamda <0,005
mm li zarrachalar) miqdori;
d- >0,005 mm li zarrachalar miqdori;
100 – foizga aylantirish koeffitsienti.
A.F.Vadyunina taklif qilgan bu formula og‘ir mexanik tarkibli
tuproqlar uchun Ks ni hisoblashda juda aniq ma’lumotlar beradi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Mexanik elementlarning kelib chiqishi va tarkibi haqida nimalarni
bilasiz?
2. Mexanik elementlarining asosiy xossalariga nimalar kiradi?
3. Tuproq mexanik elementlari tarkibini o‘rganishdan asosiy maqsad
nima?
5. Oxotin, Sibirsev, Zaxarovlar tomonidan tuzilgan mexanik elementlar
klassifikatsiyalarining bir-biridan farqi va asosiy kamchiliklari nimadan
iborat?
6. Tuproqlarning mexanik tarkibi bo‘yicha N.A.Kachinskiy
klassifikatsiyasining oldingi klassifikatsiyalardan farqi nimada?
7. Mexanik tahlil ma’lumotlarini qanday rasmiylashtirish mumkin?
8. Tuproqning mexanik tarkibini o‘rganishning qanday ahamiyati bor?
9. Dalada tuproqning mexanik tarkibini aniqlashning qanday usullarini
bilasiz?
10. Tuproq mexanik tarkibiga ko‘ra qanday nomlanadi?
45