Page 45 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 45

Unda  tuproqning  butun  xossa  va  xususiyatlariga  o‘z  ta’sirini
            ko‘rsatadi. Biz bulardan ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz. Dastavval, mexanik

            tarkib  tuproqlarni  harakterlaydigan  asosiy  ko‘rsatkich,  bu  ko‘rsatkich
            asosida tuziladigan tuproq xaritalarida alohida tuproq tipchalari ajratiladi.
                   Mexanik  tarkib  –  muhim  agrofizik  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Qumli,

            qumloq,  qumoq  va  soz  tuproqlarda,  bir  xildagi  fizik  xossa  va  rejim
            vujudga  kelmaydi,  albatta.  Bu  tuproqlar  mexanik  tarkib  jihatdan  bir-
            biridan  farqlanganliklari  sababli  o‘ziga  xos  fizik-mexanik  xususiyatlarga

            ega bo‘ladi.
                   Masalan, qumli tuproqlar uncha katta suv sig‘imiga ega emas, lekin
            yaxshigina  suv  o‘tkazuvchanlik  va  yomon  kapillyarlik  xossalariga  ega.
            Soz  tuproqlarda  esa,  aksincha,  ularning  suv  o‘tkazuvchanlik  xossasi

            yomon, kapillyarlik xossasi yaxshi, ular katta nam sig‘imiga ega. Bu ikki
            xil mexanik tarkibli tuproqlarda o‘ziga xos havo, suv va termik rejimlar
            mavjud.  Agarda  bu  ikkala  tuproqni  ishlov  berish  nuqtai  nazaridan

            baholasak,  engil  tuproqlarda  yopishqoqlik,  plastiklik  kabi  fizik-mexanik
            xususiyatlar kam ifodalanganligi uchun ularga ishlov berish, hatto namlik
            sharoitida ham tez amalga oshiriladi. Soz tuproqlar katta yopishqoqlikka
            ega  bo‘lganligi  uchun  ularga  ishlov  berish  juda  qiyinlik  bilan,  faqatgina

            ma’lum  optimal  namlik  darajasidagina  amalga  oshiriladi.  Bunday
            misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin.
                   Mexanik  tarkib  muhim  meliorativ  ko‘rsatkichdir.  Bajarilishi  shart

            bo‘lgan  hamma  meliorativ  tadbirlar  (sho‘r  yuvish,  qayta  sho‘rlanishga
            qarshi  kurashish,  zovur  tarmoqlarini  o‘tkazish  va  hakozo)  tuproqning
            mexanik  tarkibi  ma’lumotlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Hozirgi  vaqtda

            tuproqning  mexanik  tarkibini  har  tomonlama  va  chuqur  o‘rganish
            natijasida  mexanik  tarkibni  aks  ettiruvchi  xaritalar  tuzish  maqsadga
            muvofiq hisoblanadi.

                   Bu  xaritalarning  tuzilishi,  albatta,  agrotexnik  va  meliorativ
            tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy material bo‘lib xizmat qiladi.
                   Quyida  Xorazm  vohasida  L.Tursunov  tomonidan  tuzilgan  shunday
            xaritalardan birini havola qilamiz (9-rasm).
















                                                             42
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50