Page 47 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 47
1932 yilda N.A.Kachinskiy desperslik (bu so‘zning ma’nosi tuproqni
agregatlik bo‘laklarini uni tashkil etgan mexanik elementlarga ajralish
qobiliyati) sonini hisoblash uchun quyidagi formulani kashf etadi:
100 à
Kd , %
b
bu erda,
Kd - disperslik soni, % hisobida;
a - mikroagregat tahlilda ajratilgan il > (0,001 mm) miqdori, massaga
nisbatan % hisobida;
v - mexanik tahlil natijasida ajratilgan il > (0,001 mm) miqdori,
massaga nisbatan % hisobida; 100 % aylantirish koeffitsenti
Misol: tuproqdan mikroagregat tahlilda <0,001 mm zarracha miqdori
8% ajratildi (a=8%), mexanik tahlilda esa bu zarracha miqdori – 20%
(b=20 %) ga teng
8 100
Kd 40 %
20
Agarda Kd soni qancha katta bo‘lsa, tuproqda suvga chidamli
agregatlar miqdori shuncha kam bo‘ladi. SHuning uchun Kd soni qora
tuproqlarda 15-20, O‘rta Osiyoning bo‘z tuproqlarida 30-45, taqirli va
taqir tuproqlarda 75-90 % gacha etadi.
Disperslik sonining aksariyati strukturalilik soni deyiladi. 1932 yilda
P.Fageler o‘zining quyidagi formulasini taklif etdi:
bu erda,
Ks – strukturalilik soni, % hisobida;
1 soz – mexanik tahlilda ajratilgan soz , massaga nisbatan %
1
hisobida;
11 soz – mikroagregat tahlilda ajratilgan soz, massaga nisbatan %
hisobida;
100 - % ga aylantirish koeffitsienti.
1 Soz guruhida P.Fageler <0,001mm dan iborat zarrachalar yig’indisidan tashkil topgan
44