Page 43 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 43

zarrachalarni “fizik loy” (soz) ga ajratadi va bu guruhlarning nisbatini asos
            qilib olib o‘zining klassifikatsiyasini tuzadi.

                  Shuning  uchun  ham  Sibirsev  klassifikatsiyasi  2  asosli  bo‘lib,  u
            quyidagicha berilgan:


                             Tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra nomlanishi

                          №             “fizik loy”                      “fizik qum”
                         1.  Loyli                                   1:1 dan 1:1/2 gacha
                         2.  Og‘ir qumoq                              1:2 dan 1:3 gacha
                         3.  O‘rtacha qumoq                               1:4 oratira
                         4.  Engil qumoq                              1:5 dan 1:6 gacha
                         5.  Qumloq                                  1:7 dan 1:10 gacha

                         6.  Loyli qum                            1:15 dan 1:30 (50) gacha

                  Sibirsev  klassifikatsiyasi  o‘zining  soddaligi  va  ixchamligi  bilan
            ko‘pchilikni o‘ziga jalb etadi va hattoki ba’zi bir ilmiy-tekshirish ishlarida
            qo‘llanildi.  Lekin,  bu  klassifikatsiya  ham  ayrim  kamchiliklardan  holi
            emas.  Bu  klassifikatsiyada,  asosan,  har  xil  guruhlarning  o‘tish  chegarasi

            aniq berilmagan va E.SHene uslubi yordamida olingan ma’lumotlar asos
            qilib  olingan.  Bu  uslubda  suyuqlikning  yopishqoqligi  va  uning  muhit
            haroratiga  ko‘ra  o‘zgarishi  e’tiborga  olinmaganligi  sababli  olingan

            ma’lumotlar ayrim xatolardan holi bo‘lmaydi.
                  G.M.Tumin  va  S.A.Zaxarovlar  N.M.Sibirsev  klassisikatsiyasini
            tabaqalashtirishni  maqsad  qilib,  o‘zlarining  uch  asosli  klassifikatsiyasini
            taklif  qilib,  quyidagi  mexanik  zarrachalarning  nisbatini  oladilar:  fizik

            loyqa (<0,001-0,1 mm): qum (0,1-3 mm).
                   V.V.Oxotin mexanik elementlarning quyidagi nisbatlarini asos qilib
            oladi:  <0,005; 0,005-0,25  va 0,25-2  sm.  Bu  klassifikatsiya  yo‘l  qurilishi

            gruntchiligida  ijobiy  baho  oldi.  Ayrim  vaqtlarda  bu  klassifikatsiyani
            agronomik maqsadlar uchun ishlatish tendensiyasi vujudga keladi. Lekin,
            shuni  esda  tutish  kerakki,  tuproqni  qurilish  maqsadida  baholash  bilan

            qishloq  xo‘jaligidagi  mehnat  vositasi  sifatida  baholash  o‘rtasida  tenglik
            qo‘yish mumkin emas.
                   Shuning         uchun       V.V.Oxotin          klassifikatsiyasini        tuproqlarni

            yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llab bo‘lmaydi.
                   N.A.Kachinskiy  klassifikatsiyasi.  Muallif  o‘z  klassifikatsiyasida
            qum,  qumloq,  qumoq,  soz  kabi  guruhlarni  mexanik  tahlil  natijasida





                                                             40
   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47   48