Page 53 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 53

bo‘lakchalar orasidagi g‘ovaklik umumiy sistemaning  47,6 %  ini tashkil
            etadi. Bo‘lakchalar geksagonal shaklda joylashganda esa havo bilan band

            bo‘lgan g‘ovaklik 26 % bo‘ladi (10 rasm). Xulosa qilib aytganda, tuproqda
            qanchalik bo‘lakchalar ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik g‘ovak joylashadi va
            aksincha, strukturasiz tuproqlarda esa mexanik elementlar, qanday shaklda

            joylashishiga  qaramay  ular  zich  bo‘ladi  va  natijada  umumiy  g‘ovaklik
            keskin  pasayadi.  Odatda,  chirindiga  boy,  strukturali  tuproqlar  eng  katta
            g‘ovaklikka  ega  bo‘ladi.  Bunday  tuproqning  ustki  qatlamida  umumiy

            g‘ovaklik  60-70  %  ni  tashkil  etishi  mumkin.  Bu,  birinchidan,  tuproqda
            katta g‘ovakliklar, har xil hashorat va tuproq jonzotlarining inlari, ildizlar
            qoldirgan bo‘shliqlar hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan, tuproqning har xil katta
            -  kichiklikdagi  bo‘lakchalarining  g‘ovak  joylashishi  hisobiga  bo‘ladi.

            G‘ovaklik pastki qatlamlar tomon kamayib boradi.
                   Tuproq g‘ovakliklarining shakli va diametri har xil bo‘lishi mumkin.
            Tuproq  zarrachalari  va  bo‘laklari  o‘rtasidagi  kovaklarning  katta  -

            kichikligi, shakli hamda soniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
                   Mayda kovak tuproqlar, kovaklarning diametri 1 mm dan kichikroq
            bo‘ladi (lyosslar);
                   Kovak  tuproqlar,  kovaklarning  diametri  1-3  mm  gacha  (bo‘z

            tuproqlar, strukturali bo‘laklardagi kovaklar);
                   G‘alvirak  tuproqlarda  diametri  3  mm  dan  5  mm  gacha  bo‘lgan
            kovaklar uchraydi;

                   Teshik  tuproqlar  bunday  tuproqlardagi  bo‘shliqlarning  diametri  5
            mm dan 10 mm gacha bo‘ladi;
                   Serkovak  tuproqlar,  bunday  tuproqdagi  bo‘shliqlar  diametri  5  mm

            dan 10 mm gacha bo‘ladi;
                   Naysimon  kovak  tuproqlar,  bunday  tuproqlarda  er  qazuvchi  yirik
            jonivorlarning inlari bo‘ladi.

                   Agarda  tuproq  yuzasida  yoriqlar  mavjud  bo‘lsa,  ular  katta-
            kichikligiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
                   Kichik yoriqli tuproqlar, bunday tuproqlarda yoriqlarning eni 3 mm
            dan kichikroq bo‘ladi;

                   Darz ketgan tuproqlar, bunday tuproqlardagi yoriqlarning eni 3 mm
            dan 10 mm gacha bo‘ladi;
                   Yoriq  (tirqishli)  tuproqlar,  bunday  tuproqdagi  yoriqlarning  eni  10

            mm dan ortiq bo‘ladi.
                   Shunday qilib, tuproqning kovakligi muhim morfologik belgi bo‘lib
            xizmat  qiladi.  U  tuproqda  yashayotgan  butun  tirik  organizmlarni  havo,
            oziqa  moddalari  va  suv  bilan  ta’minlaydi.  Keyingi  yillarda  tuproq

                                                             50
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58