Page 58 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 58
Cho‘l tuproqlari va qisman bo‘z tuproqlar V.R.Vilyams so‘zi bilan
aytganda serg‘ovak makroagregatlardan iborat “unumdorlikni omonat
kassasidan” mahrumdirlar, xuddi shuning uchun ham bunday erlardagi
qo‘riqlar va maysasozlar haydalganidan so‘ng ulardagi organik moddalar
jamg‘armasi barqaror bo‘lmaydi va uzoq saqlanmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘oriladigan tuproqlarning haydalma
qavatida g‘ovaklik 50-55 % bo‘lsa qoniqarli hisoblanadi, agregatlarning
g‘ovakligi esa 40-45 % ni tashkil etadi (Kachinskiy, 1950). Bu jihatdan
qaraganda, O‘rta Osiyodagi barcha sug‘oriladigan tuproqlarda
agregatlarning g‘ovakligi qoniqarli emas, chunki bu ko‘rsatkich 30-40 %
ga ham etmaydi.
Ayrim joylarni hisobga olmaganda, sahro zonasidagi tuproqlarning
umumiy g‘ovakligi qoniqarli emas. Bo‘z tuproqlar haydalma qavati
g‘ovakligini qoniqarli deb baholash mumkin, xolos. Umumiy g‘ovaklik 60
% atrofida bo‘ladigan to‘q tusli bo‘z tuproqlar va o‘tloqi tuproqlarning
haydalma qavatinigina madaniy holga kelgan tuproqlar qatoriga kiritish
mumkin.
Bo‘z tuproqlarda kapillyar suv yig‘iladigan g‘ovakliklar juda ko‘p
bo‘lib, 10-30 % o‘rtasida o‘zgarib turadi, dala nam sig‘imi tufayli suv
bilan band bo‘lgan g‘ovakliklarga nisbatan esa 70 % ga etadi va undan
ham oshadi. Kapillyar suv yig‘iladigan teshiklarning ko‘p bo‘lishi birikkan
suv to‘planadigan teshiklarning kamligiga bog‘liq. Bu hol sho‘rlanmagan
tuproqlarda yuz beradi va bunday bo‘lishiga sabab O‘rta Osiyodagi
sug‘oriladigan tuproqlarda changning ko‘pligi, loyqaning esa boshqa
tuproqlardagiga qaraganda kamligidir. Buni biz 13 - jadval ma’lumotlarida
Xorazm vohasi tuproqlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, Xorazm vohasi tuproqlarida,
ayniqsa sho‘rlangan tuproqlarda tuproq g‘ovakligining bir qismi zich yoki
bo‘sh bog‘langan suvlar bilan band. G‘ovakliklarning suv bilan band
bo‘lishi tuproqdagi havo almashinishi jarayonini qiyinlashtiradi,
tuproqlarning suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatini susaytiradi.
O‘rta Osiyo tuproqlarining tarkibida organik moddalar va kolloidlar
kam bo‘lganligi uchun, ularning nam sig‘imi unchalik katta emas. Shu
sababli, g‘ovaklikning kam bo‘lishiga qaramay, namligi dala nam
sig‘imiga teng miqdorda bo‘lganda, ularda havo almashinuvi yaxshi
bo‘ladi.
O‘zbekistonning qo‘riq va sug‘oriladigan tuproqlarida g‘ovaklikning
o‘zgarish qonuniyatlari shundan iboratki, g‘ovaklik tuproqning yuqorigi
qavatidan pastki qavati tomon kamayib boradi. Buning asosiy sababi
55