Page 62 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 62

A=   m 100  ,
                                                          100    w
                   bu erda,

                   m – tahlil bajarilayotgan sharoitdagi tuproq og‘irligi, g hisobida;
                   w – gigroskopik suv, % hisobida.

                      Tahlil ma’lumotlarini quyidagi jadvalga yozish tavsiya etiladi.


           Tuproq   Chuqur-    Pikno-    Namuna     Namli-    Absolyut      Piknometr       Tuproq-    O‘rtacha
          kesmasi    ligi, sm   metr      og‘irli-   gi, %     quruq        og‘irligi, g      ning      ko‘rsat
           raqami              raqami      gi, g               tuproq    Suv     Suv  va     solish-     kich
                                                              og‘irligi   bilan   tuproq      tirma
                                                                                 bilan      og‘irligi,
                                                                                              g/sm
                                                                                                  3


                   Yuqorida  bayon  etilgan  tuproq  qattiq  fazasining  solishtirma
            og‘irligini  aniqlashga  doir  bo‘lgan  uslub  sho‘rlanmagan  tuproqlar  uchun

            qo‘llaniladi.  Biroq,  sho‘rlangan  tuproqlar  uchun  bu  uslubni  qo‘llash
            mumkin emas. Sho‘rlangan tuproqlarning solishtirma og‘irligini aniqlash
            uchun  suv  o‘rniga  inert  eritmalar  –  kerosin,  benzin,  toluol  va  boshqalar

            ishlatiladi.  Inert  eritmalar  tuproqni  yaxshi  namlasa-da,  uning  tarkibidagi
            tuzlarni eritmaydi.
                   Tuproq  tarkibidagi  tuzlar  ham  doimiy  bo‘lsada,  tuproq  mineral
            qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham tuzlarni eritmagan holda saqlab

            qolish  va  tuproqning  solishtirma  og‘irligini  aniqlash  muhim  ahamiyatga
            ega.
                   Ish tartibi. Maydalangan, teshiklari 1 mmli elakchadan o‘tkazilgan

            tuproqdan  taxminan  10-15  g  olib,  oldindan  tayyorlangan  (og‘irligi  aniq
            bo‘lishi  shart  emas)  byuksga  yoki  alyumin  stakanga  solib,  termostatga
                                                                  0
            qo‘yiladi va 4-6 soat davomida 100-105 S haroratda qizdiriladi, so‘ngra
            uni eksikatorda xona haroratigacha sovitib analitik tarozida o‘lchanadi va
            raqamlangan  piknometrga  solinadi  (piknometrlarning,  albatta,  probkalari
            bo‘lishi kerak) va yana qayta analitik tarozida tortiladi va uning ustiga 5-

            10 mm inert eritma quyiladi va ertasigacha qoldiriladi. So‘ngra piknometr
            bir  soat  davomida  vakuum-apparat  ichida  saqlanadi.  Belgilangan  vaqt
            o‘tishi bilan piknometr olinadi, inert eritma bilan bo‘g‘zidagi chizig‘igacha
            to‘ldiriladi va o‘lchanadi. Inert eritma toza bo‘lishi kerak.

                   Agarda  inert  eritmaning  solishtirma  og‘irligi  noma’lum  bo‘lsa,  uni
            aniqlash kerak. Buning uchun piknometr shu inert eritma bilan to‘ldiriladi


                                                             59
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67