Page 65 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 65
tuproqda faol bo‘lmagan-ingichka tomirlar
ko‘p).
G‘ovak (diametri 40 Yuqori – tipik bo‘z tuproq mintaqasidagi
10 mm dan 2 mm katta agregatli botqoq, o‘tloqi-botqoq
gacha) hajmiga tuproqda kam uchraydi.
nisbatan % 35 – 40 Eng yaxshi – gidromorf tuproq,
hisobida bedazorlarning ustki qismi agregatlariga xos.
30 – 35 Yaxshi – yangidan sug‘oriladigan va
madaniylashgan tuproq agregatlariga xos.
25 – 30 Qoniqarli (o‘rtacha) – cho‘l mintaqasi tuproq
agregati hamda bo‘z tuproqning ostki
zichlashgan – qatlamiga xos.
25 Qoniqarsiz (yomon) – juda zich loy tuproq.
Tuproq agregatlari qumlashgan qatlamlarga
xos.
§2.4. Tuproqning umumiy fizik xossalarini yaxshilash yo‘llari
Tuproqning solishtirma va hajm og‘irligi hamda g‘ovakligi – uning
umumiy fizik xossalari deb yuritiladi. Tuproqning unumdorligini oshirish,
albatta, mana shu umumiy fizik xossalarga bog‘liq bo‘ladi.
Bu o‘rinda tuproq qattiq fazasi solishtirma og‘irligining
melioratsiyasi to‘g‘risida gap borishi mumkin emas, chunki solishtirma
og‘irlik bu uzoq vaqt ichida o‘zgarmaydigan (uning o‘zgarishi tuproqda
ketadigan tashqi va ichki nurash jarayonlari ta’sirida bo‘ladi) fizik
konstanta hisoblanadi.
So‘z, asosan, butun vegetatsiya davomida juda ham o‘zgarib
turadigan tuproqning hajm og‘irligi hamda u bilan funksional bog‘lanishda
bo‘lgan g‘ovaklik to‘g‘risida boradi.
Ma’lumki, tuproq uch fazali tizim hisoblanadi. Lekin, bu fazalarning
nisbati (tuproq qattiq fazasi bundan istisno qilinadi) ularga ishlov berish,
sug‘orish jarayonida ancha o‘zgaradi. Bu o‘zgarish, asosan, tuproqdagi
havo va suvga tegishlidir, ya’ni tuproqda namning ko‘payishi o‘z
navbatida havoning kamayishiga olib keladi va aksincha, tuproqda
namlikning kamayishi esa havoning ko‘payishiga olib keladi, chunki suv
va havo bir makonda – tuproq kovagida mavjuddir.
Shuni ta’kidlash kerakki, vegetatsiya davomida beriladigan suvlar
tuproq tarkibidagi havoning kamayishiga va unda borayotgan biologik
jarayonlarning birmuncha sekinlashuviga olib keladi. Ayniqsa, sug‘orish
62