Page 60 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 60
π – 3,14 ga teng,
r – silindr kesadigan qismining radiusi, sm hisobida,
h – silindr balandligi, sm hisobida.
Ish tartibi. Hajm og‘irligi aniqlanishi kerak bo‘lgan maydonda
tuproq kesmasi (o‘rasi) qaziladi va hajm og‘irlik aniqlanishi kerak bo‘lgan
chuqurlikkacha kesmaning oldingi devori tozalanadi. Qo‘yilgan maqsadga
qarab hajm og‘irlik bahorda, kuzda, yozda ekish oldidan yoki undan so‘ng
har xil chuqurlikda aniqlanishi mumkin. Hajm og‘irlikni aniqlash tabiiy
namlikni aniqlash bilan parallel ravishda olib boriladi. Bu ish yuqori
qatlamlarda kamida besh marta, pastki qatlamlarda esa 3 marta
takrorlanishi kerak. Ko‘pchilik ilmiy-tekshirish maqsadlari uchun
mo‘ljallangan ishlarda hajm og‘irlikni bir metrgacha har 10 sm da,
ikkinchi va undan keyingi metrlarda esa har 20 sm da aniqlash qabul
qilingan.
Buning uchun ma’lum hajmdagi silindr tuproq devorlariga yog‘och
yo‘nalgichlar orqali qoqiladi va so‘ngra u olinib tekislanadi hamda
og‘irligi texnik tarozida (dalada) o‘lchanadi. O‘lchangan tuproq katta
karton qog‘oz yoki plyonka ustiga to‘kiladi va yaxshilab aralashtirilgandan
so‘ng undan namlikni aniqlash uchun oldindan og‘irligi aniq bo‘lgan 2
yoki 3 stakanga namuna olinadi. Namlikni aniqlash statsionar laboratoriya
sharoitida olib boriladi.
Hajm og‘irlik (dv) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
dv= Pc 100 ,
100 w v
bu erda,
Rs – silindrdagi tabiiy nam holatdagi tuproq og‘irligi, gramm
hisobida;
w – tuproqning namligi, foiz hisobida.
3
v – silindr hajmi, sm hisobida.
Rs esa quyidagicha hisoblanadi:
Rs=A-V
bu erda,
A-silindrning tabiiy nam holdagi tuproq bilan og‘irligi, gramm
hisobida;
V-silindrning sof og‘irligi, gramm hisobida;
Tuproq qattiq fazasining solishtirma og‘irligini aniqlash.
Tuproqning solishtirma og‘irligi laboratoriya sharoitida har xil hajmli
piknometrlar yordamida aniqlanadi.
57