Page 63 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 63
va o‘lchanadi. Eritma og‘irligini uning hajmiga bo‘lish orqali eritmaning
solishtirma og‘irligi topiladi.
Solishtirma og‘irlikni topish vaqtida harorat sharoitiga alohida
e’tibor berish zarur. Inert eritmalar yordamida solishtirma og‘irlikni topish
formulasi va uning yozish tartibi solishtirma og‘irlikni suv yordamida
topish tartibidagi kabi olib boriladi.
Tuproq g‘ovakligini aniqlash. G‘ovaklikni aniqlashda
kapillyarometr asbobidan foydalaniladi. Lekin, amaliyotda g‘ovaklikni
tuproqning solishtirma va hajm og‘irliklari natijalari asosida hisoblash
yo‘li bilan aniqlash keng qo‘llaniladi. Hisoblash ishlari mazkur bobning
§2.2 paragrafida keltirilgan 1-formula yordamida olib boriladi.
Umumiy fizik xossalari bo‘yicha olingan tahlil natijalari M.Umarov
va J.Ikromovlar (1983) tomonidan sug‘oriladigan tuproqlar uchun ishlab
chiqilgan quyidagi shkala asosida baholanadi (14-jadval).
14-jadval
O‘zbekiston sug‘oriladigan tuproqlarning fizik xususiyatlarini
baholash
Ko‘rsatkich Ko‘rsatkich Bahosi
miqdori
Hajm og‘irligi, 1,0 – 1,1 Yirik (g‘ovak) – soz va loy tuproqning etilgan
g/sm holatidagi yangi haydalgan qismi, shuningdek
3
tipik bo‘z tuproq mintaqasidagi gidromorf
tuproqning ustki qatlami yomg‘ir va qordan
keyin cho‘kadi va zichlashadi.
1,1 – 1,2 Engil zichlashgan – bahorda shudgor bo‘lgan
tuproqning ustki qatlamiga xos. Kuchli
yomg‘irdan yoki sug‘orishdan so‘ng engil
cho‘kadi.
1,2 – 1,4 O‘rtacha zichlashgan – optimal (eng yaxshi),
madaniy bo‘z tuproq, gidromorf tuproq,
yangi o‘zlashtirilgan bo‘z tuproq va taqir
tuproq, ekishga o‘z vaqtida tayyorlangan
erning haydalma qatlamiga xos.
1,4 – 1,5 Kuchli zichlashgan – engil madaniylashgan
bo‘z tuproq, taqir va cho‘l mintaqasidagi
gidromorf tuproqning haydalma osti qatlami
uchun xos.
1,5 – 1,6 Qattiq (zich) – g‘o‘zaning o‘sishi va
rivojlanishi uchun qulay bo‘lmagan,
namligida ishlov berilgan haydalma qatlam,
60